Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

nisbatan xato turini ham kiritish mumkin. Buni to‘rt turga bo‘lish 
mumkin. 
Birinchi turdagi vositaga nisbatan xatoga aybdor tomonidan o‘zi 
mo‘ljallagan vositadan boshqa, lekin uning o‘rnini bosadigan vositadan 
foydalanish tushuniladi. Mazkur turdagi vositaga nisbatan xato qilmishni 
kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmaydi. Sodir qilingan qilmishning obyektiv 
tomoni oxiriga yetgan bo‘lsa, shaxs qasdining yo‘naltirilganligiga 
muvofiq, jinoyat tugallangan deb kvalifikatsiya qilinadi. 
Ikkinchi turdagi vositaga nisbatan xatoda ishlatiladigan vositani 
aybdor past darajali deb hisoblaydi yoki o‘ylaydi. Agar jinoyat sodir 
etilishi natijasida kelib chiqqan oqibat aybdor kutgandan ko‘ra og‘irroq 
bo‘lib chiqsa, bunda mazkur harakatlar ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan 
deb kvalifikatsiya qilinishi lozim, zero, shaxs kelib chiqishi mumkin 
bo‘lgan oqibatni oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa-da, mazkur holatni 
oldindan ko‘ra bilishi mumkin va lozim edi. 
Uchinchi turdagi xatoning mohiyatini aybdor o‘zi yaroqli deb 
ishlatayotgan vosita aslida yaroqsiz bo‘lib chiqishiga nisbatan bo‘lgan xato 

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1999 йил 30 апрелдаги «Ўзгалар мулкини 
ўғирлик, талончилик ва босқинчилик билан талон-торож қилиш жиноят ишлари бўйича суд амалиёти 
тўғрисида»ги 6-сонли қарори, 1-банд, 3-банднинг 1-хатбошиси // Тўплам, 1-жилд. – 220–221-б. 
229 


tashkil qiladi. Bunday holatda sodir etilgan qilmish qasdning 
yo‘naltirilganligiga muvofiq, jinoyatga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya 
qilinadi. 
To‘rtinchi turdagi vositaga nisbatan xato ishlatiladigan vosita har 
qanday holatda ham yaroqsiz bo‘lib, buni subyekt o‘ziga dalda berishda, 
o‘zining ustunligini qo‘pollikda va o‘z-o‘ziga ishonishda ishlatishda 
ifodalanadi (fitnada, buzishda). Bunda jinoiy javobgarlik istisno etiladi. 
Sud-tergov amaliyotida hozirga qadar haqiqatan ham shaxs o‘zi sodir 
etgan qilmishining huquqqa xilofligini tushunganmi, uni jinoiy 
javobgarlikka tortmaslik asosli bo‘ladimi, degan masala bahsli bo‘lib 
qolmoqda. Agar mazkur turdagi xatolarning mavjud bo‘lganligi aniqlansa, 
sud ishni o‘rganib chiqish uchun qo‘shimcha tergovga qaytarishi lozim. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin