Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

 
 
288 


X BOB. JINOYATDA ISHTIROKCHILIK 
1-§. Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar o‘z huquqiy xususiyatlariga 
ega bo‘lib, bu ularni mustaqil jinoyat-huquqiy institutga ajratish imkonini 
beradi. 
NOTA BENE ! 
Ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda 
birgalashib qatnashishi jinoyatda ishtirokchilik deb topiladi (JK 27-
moddasi). 
Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning yuqori ijtimoiy xavfi 
shu bilan shartlanadiki, bunday holatlarda jinoiy-huquqiy muhofaza 
obyektlariga sezilarli katta zarar yetkaziladi, jinoiy faoliyat yanada 
mustahkamroq berkitiladi, bu esa huquq muhofazasi idoralarining uni o‘z 
vaqtida fosh etish va oldini olish bo‘yicha ishini qiyinlashtiradi. 
Mazkur shart-sharoit alohida tasniflangan jinoyatlar tarkiblarini 
konstruksiyalashda ko‘pincha hisobga olinadi. Masalan, shaxslar guruhi 
tomonidan yoki uyushgan guruh tomonidan yoki uyushgan guruh a’zosi 
tomonidan uning manfaatlarida sodir etilgan qasddan qotillik (JK 97-
moddasi 2-qismi «p» bandi). 
Jinoyatning u yoki boshqa tarkibini kvalifikatsiya qilishda nafaqat 
uning sodir etilishida shaxsning birgalikdagi ishtirokiga, balki 
ishtirokchilikning muayyan alomatlari va turlariga ham e’tibor qaratish 
zarur, bu esa adolat, qonuniylik prinsiplari amalga oshirilishining 
kafolatidir. Agar ishtirokchilar harakatlarida JK Maxsus qismi moddasida 
tasvirlangan u yoki bu jinoyatning kvalifikatsiyalovchi alomatlari bo‘lsa 
(masalan, shaxslar guruhi, uyushgan guruh va hokazolar tomonidan jinoyat 
sodir etilishi), u holda sodir etilgan qilmishni ishtirokchilikning u yoki bu 
turini tavsiflovchi muayyan alomatlaridan kelib chiqqan holda Maxsus 
qismning tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish lozim. 
289 


Ishtirokchilik tushunchasining JK Umumiy qismi instituti sifatidagi 
ta’biri yetarlicha kengdir. Ishtirokchilik jinoiy faoliyatning maxsus shakli 
sifatida qator obyektiv va subyekt alomatlari bilan tavsiflanadi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin