Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


XII BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

XII BOB. QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILADIGAN 
HOLATLAR
1-§. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan
holatlar tushunchasi 
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi u yoki bu qilmishning 
jinoiyligi masalasini hal etganda unda jinoyat tarkibining barcha belgilari, 
albatta, haqiqatda mavjudligi talabidan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, 
qilmishlar tashqi jihatdan (ya’ni, rasman) sodir etilishi uchun javobgarlik 
JK da ko‘zda tutilgan harakatlar yoki harakatsizlikka o‘xshagan bo‘lsa-da, 
haqiqatda jinoyat tarkibining barcha elementlariga ega bo‘lmasa, jinoyat 
deb tan olinishi mumkin emas va kerak emas. Bunday holatlarda jinoiy 
javobgarlik istisno etiladi. 
JK 35-moddasida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar 
sifatida u yoki bu holatlarni tan olishning yo‘naltiruvchi asoslari belgilab 
beriladi, nafaqat huquqni qo‘llaydigan organlar uchun, balki qonun 
chiqaruvchilar uchun ham JK III bo‘limining biror-bir qoidalarini 
o‘zgartirish, to‘ldirish yoki bekor qilishda ularga amal qilish majburiy 
bo‘ladi. Bundan tashqari, ushbu qoidalar JK 3–10-moddalarida 
mustahkamlangan tamoyillarga, chunonchi, adolat va gumanizm 
tamoyillariga uning muntazam muvofiq amal qilishidan dalolat beradi.
JK 35-moddasi 1-qismiga muvofiq, «qilmishda ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u 
ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini 
istisno qiladigan holatlar deb topiladi». 
Qonunda ushbu belgilarning yo‘qligiga ishora qilish tasodifiy emas, 
balki JK 14-moddasining qoidalari bilan belgilab berilgan: «Jinoyat 
kodeksi bilan jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli 
qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb topiladi». Shu tufayli hech 
bo‘lmasa bitta belgisining yo‘qligi sodir etilgan harakat yoki 
harakatsizlikni jinoyat soniga kiritishga imkon bermaydi, ya’ni shunday 
harakatning jinoiyligini istisno qiladi. Masalan, «jinoyatni istisno qiluvchi 
holatlar (masalan, kam ahamiyatli qilmishlar bo‘lgani uchun) ijtimoiy 
378 


xavfli bo‘lmasligi mumkin yoki huquqqa qarshi yo‘nalgan bo‘lmasligi 
mumkin (masalan, zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish) yoki aybli harakat 
bo‘lmasligi mumkin (buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; 
kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik,
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan 
qo‘rqitish natijasida), oxirgi ikkita holatda aybning mavjudligi JK 40- va 
41-moddalariga muvofiq, jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki 
boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs uchun yoki ularning 
tavakkalchiligi odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya halokati yoxud 
boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib 
qilingan bo‘lsa, ular jinoiy javobgarlikka tortiladi»
1

Shuni hisobga olish lozimki, JK 35-moddasi 1-qismi hech bo‘lmasa 
bittasining yo‘qligi sodir etilgan qilmishning jinoiy emasligidan dalolat 
beradigan belgilarning barchasini to‘liq belgilab beradi. Shu tufayli ushbu 
normada ko‘rsatilmagan boshqa elementlar biror-bir holatni qilmishning 
jinoiyligini istisno qiladigan holat sifatida tan olish uchun asos yaratib 
berishi mumkin emas. 
Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar masalasi umuman 
biror-bir qilmish uchun javobgarlik belgilanganda emas, faqat uni amalga 
oshirishning muayyan vaziyati tufayli boshqacha mazmun kasb etgan 
muayyan jinoyat sodir etilgan holatda yuzaga keladi. Shunday qilib, 
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar ma’lum bir qilmishning 
xususiyatini aks ettirib, uning ijtimoiy foydali ekanligi, uning ma’naviy 
jihatdan va qonun tomonidan ma’qullanishi yoki uning mumkin 
ekanligidan dalolat beradi (qilmishning kam ahamiyatli bo‘lgan holatida). 
Bunday hollarda qilmish o‘z yuridik mohiyatiga ko‘ra faqat tashqi 
jihatidan JK da ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining belgilariga o‘xshash 
bo‘ladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin