Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Yuridik va faktik xato, ularning jinoyat-huquqiy ahamiyati



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

8-§. Yuridik va faktik xato, ularning jinoyat-huquqiy ahamiyati 
Xato – bu shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida 
ko‘rsatuvchi obyektiv xususiyatlariga nisbatan yanglishish yoki noto‘g‘ri 
tasavvur qilish, noto‘g‘ri baholash hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
xato bu shaxsning sodir qilgan jinoyati holatlariga bo‘lgan noto‘g‘ri 
munosabatidir. Shuning uchun huquqni qo‘llash amaliyotida aniqlanishi 
lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri, bu – subyekt xato bo‘lib, sodir 
etilayotgan ijtimoiy xavfli qilmishning xarakter va darajasini aniqlashtiradi 
yoxud yanglishishning yuridik tavsifini o‘zida namoyon qiladi. 
Shaxsning xatoli tasavvurlaridan kelib chiqqan holda xatolarni yuridik 
va faktik xatolarga bo‘lish qabul qilingan.
NOTA BENE ! 
Yuridik xato (error juris) – shaxsning o‘zi sodir etadigan 
qilmishining yuridik mohiyatini (jinoiyligini yoki jinoiy emasligini) va uni 
sodir etishning yuridik oqibatlarini (kvalifikatsiyasi, shakli, jazo miqdori) 
noto‘g‘ri baholashidir. 
Yuridik xatoning quyidagi turlari ajralib turadi: 
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari holatlariga ko‘ra xato 
qilish, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishini jinoyat to‘g‘risidagi qonun 
221 


hujjatlarida ko‘zda tutilmagan deb o‘ylaydi, aslida esa, uning harakatlari 
qonun bo‘yicha jinoyat deb topiladi. «Qonunni bilmaslik jinoiy 
javobgarlikdan ozod qilmaydi» degan qoidadan kelib chiqilib, mazkur 
tarzdagi xato aybning qasd shaklini ham, jinoiy javobgarlik masalasini 
ham rad etmaydi; 
– shaxsning sodir etgan qilmishi qonun bo‘yicha jinoyat 
hisoblanmasa-da, u o‘zi sodir etgan qilmishini jinoyat sifatida (xayoliy 
jinoyat) xato baholaydi. Bunday qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyati va 
huquqqa xiloflik 
belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun jinoiy 
javobgarlikka tortilmaydi, shuning uchun huquqiy ahamiyatiga ko‘ra, ayb 
inkor etiladi. 
subyektning sodir etgan jinoyati oqibatiga nisbatan xato uning 
kvalifikatsiyasiga, mazkur qilmish uchun belgilanadigan jazo miqdoriga va 
turiga nisbatan bo‘ladi. Holatlarning nomlanishi aybning mohiyatiga ta’sir 
qilmaydi va u aybdor ongini to‘liq qamrab olmagan bo‘ladi, shuning 
uchun xato baho berish qasdni ham, jinoiy javobgarlikni ham inkor 
etmaydi. 
Shunday qilib, sodir etilayotgan qilmishning yuridik mohiyati va 
yuridik oqibatlariga nisbatan yanglishayotgan shaxsning jinoiy 
javobgarligi subyektning bu qilmishni baholashiga emas, balki qonun 
hujjatlariga muvofiq kelib chiqadi. Bunday yuridik xato na aybga, na 
jinoyat kvalifikatsiyasiga va na jazo tayinlashga ta’sir qiladi. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin