JK 26-moddasi 1-qismiga ko‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy
qaytish, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish, ya’ni
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va unga suiqasd bosqichida mavjud bo‘lishi
mumkin. U jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatishda
ifodalanib, bunda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatdan
qaytishni keltirib chiqaradi va jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan
harakatlarni to‘xtatish yoxud jinoiy oqibatni keltirib chiqarishning oldini
olishda ifodalanib, bu jinoyat sodir etishga qasd qilish bosqichida jinoyat
sodir etishdan qaytishni tavsiflaydi.
Qonundan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki asosiy
alomati kelib chiqadi: ixtiyoriylik va uzil-kesillik (qat’iylik).
Ixtiyoriylik deganda, shaxsning boshlagan jinoiy xatti-harakatini o‘z
xohishi bilan hech qanday tashqi ta’sirlarsiz oxiriga yetkazish imkoni
borligini anglagan holda to‘xtatishi tushuniladi. Bunday qaytishning
motivi turlicha (uyalish, farzandlari taqdiri haqida o‘ylash, jabrlanuvchiga
278
rahmi kelishi), shuningdek, qarindosh va do‘stlarining maslahatlari
natijasida bo‘lishi mumkin. Motiv qanday bo‘lmasin shaxs o‘z xohishi
bilan jinoyatdan qaytgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Jinoyat
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish har doim subyektning erkin xohish-irodasi
natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak.
Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri – bu shaxsning jinoyatni
davom ettirish va yakuniga yetkazishga imkoni borligini anglashidir. Shu
shartlarsiz shaxs agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoyatni
yakuniga yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo‘lmasa, uni jinoyat
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga asos bo‘lmaydi.
Masalan, agar shaxs qasddan odam o‘ldirish jinoyatida harakat qilsa, lekin
atrofda odamlarning borligi, qurolning yarog‘sizligi yoki qo‘riqlash
signalizatsiyasi ishlab ketganligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu
ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi.
Shaxs o‘zi boshlagan jinoyatni oxiriga yetkazish imkoniyatini istisno
qiluvchi o‘tib bo‘lmas to‘siqlar mavjud deb (hattoki yanglish) qarashi
jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriy emas, balki majburiy
bo‘lganligidan dalolat beradi. Misol uchun, shaxs o‘zganing mulkini talon-
toroj qilish maqsadida qonunga xilof ravishda kirgan uyda o‘rnatilgan
o‘ziga notanish moslamani signalizatsiya vositasi deb o‘ylab, uyni tark
etadi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda qat’iylik deganda,
shaxsning jinoiy faoliyatni vaqtincha to‘xtatganligi emas, balki oxiriga
yetkazish uchun to‘la imkoniyatlar borligini anglagani holda jinoiy
faoliyatni davom ettirishdan butunlay va to‘liq voz kechganligi
tushuniladi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, ixtiyoriy qaytishda vaqt jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytgan hollarda ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Mazkur holatda
jinoyat sodir etayotgan shaxs o‘zining jinoiy faoliyatini oradan ma’lum
vaqt o‘tgandan so‘ng davom ettirishini ko‘zlab, jinoyat qurolini
almashtirish niyatida yoki shunga o‘xshagan boshqa niyatlarda to‘xtatadi.
Misol uchun, agar shaxs bir o‘zi uddalay olmasligini tushunib, omborga
o‘g‘irlikka tushishdan qaytgan va omborga tushish, o‘g‘irlik molni u
279
yerdan olib chiqish va tashib ketish uchun jinoyatga boshqa shaxslarni
ham jalb etishga qaror qilgan bo‘lsa, bu jinoyat sodir etishdan uzil-kesil
qaytish bo‘lmaydi.
Shaxs jinoiy faoliyatni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda to‘xtatishga
majbur bo‘lgan taqdirda ham ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. Misol
uchun, aybdor o‘ldirish maqsadida jabrlanuvchiga o‘q uzdi, ammo o‘q
tegmay qoldi – aybdor qayta o‘q uzishdan ixtiyoriy qaytganiga ishora
qilishi jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishga dalil bo‘la olmaydi. Ayni
holda, shaxs jinoyat sodir etishga birinchi urinishi uchun javobgarlikka
tortilishi kerak, uning jinoyat sodir etishdan qaytishi ixtiyoriy deb topilishi
mumkin emas.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni hosil qiluvchi ushbu
alomatlarni qayd etish uchun jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning
ba’zi bir shartlarini aniqlash lozim. Bular:
– jinoyatni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash;
– jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday
oqibat kelib chiqishining oldini olish.
Shaxs jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligini anglashi shuni
ifodalaydiki, u jinoyatni oxiriga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarga,
jinoyatni amalga oshirish uchun barcha qurol va vositalarga ega bo‘ladi va
buni biladi. Ammo, jinoiy tajovuzni hech qanday tashqi ta’sirlar to‘xtata
olmasligiga qaramay, u o‘z jinoiy niyatini amalga oshirishdan qaytadi.
Ushbu shart tamom bo‘lmagan jinoyat tarkibining obyektiv tomoni,
ya’ni ijtimoiy xavfli qilmish bilan bevosita bog‘liq. Bu yerda nafaqat
jinoyat sodir etishga suiqasd qilish doirasida jinoyat tarkibini tashkil
etadigan harakatlar (harakatsizlik), balki jinoyat sodir etishga shart-sharoit
va imkoniyat yaratadigan harakatlar (JK Maxsus qismi tegishli modda
dispozitsiyasiga bevosita kiritilmagan harakatlar) to‘g‘risida ham so‘z
yuritilmoqda. Shu sababli jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni
tasniflashda jinoiy tajovuzni oxiriga yetkazish mumkinligini anglash faqat
jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda mavjud bo‘lishi mumkin degan
fikrga kelmaslik kerak, zero jinoiy niyatni oxiriga yetkazish mumkinligini
anglash jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida ham bo‘lishi mumkin.
280
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ixtiyoriyligi va uzil-
kesilligining ikkinchi zarur sharti shaxs jinoiy oqibat kelib chiqishini
Dostları ilə paylaş: |