II bob bo‘yicha xulosa
1. Quyosh nurlanishining spektral tarkibi 0,1 mkm dan 3,0 mkm to‘lqin
uzunligigacha bo‘lgan oralikdagi tebranishlardan iborat. Quyosh nurlanishi
energiyasining asosiy qismi 0,2 – 3 mkm oralikda jamlangan. Bular jumlasiga
spektrning ultrabinafsha qismi 0,1 – 0,38 mkm oralikda, spektrning ko‘rinadigan
qismi 0,38 – 0,78 mkm oralikda, spektrning infraqizil qismi 0,78 mkm va undan ortiq
to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan qism tashkil qiladi.
2. Quyosh energiyasini fotoelektrik qurilmalar yordamida elektr energiyasiga
aylantirish p – n o‘tish hodisasi asosida amalga oshadi va bu jarayon fotoeffekt
hodisasi deyiladi. Demak, quyosh elementlari parametrlarini atrof muxit
parametrlariga moslashtirish zarur.
3. Quyosh energiyasini fotoelektrik qurilmalar yordamida elektr energiyasiga
aylantirishda muxim bo‘lgan parametrlarni aniq belgilab olinadi. Bu parametrlar
qisqa tutashuv toki – I
sc
, salt yurish kuchlanishi – V
oc
, To‘ldirish koeffitsienti – FF,
Foydali ish koeffitsientidir. Demak, xulosa qilib shuni aytish kerakki quyosh
elementi parametrlarini o‘rganish ularning samaradorligini oshirishda muxim omil
xisoblanadi.
|