Hozirgi kunda kimyo sanoatida foydalanilib bo’lingan katalizatorlarni regeneratsiya qilish va qayta ishlash usullarini yaratish hamda ishlab chiqishga tadbiq etish ishlab chiqarish sanoatida katta ahamiyatga ega. Hom ashyo bazasining qisqarishi va ekologik vaziyatning yomonlashishi bilan bog’liq holda, hosil bo’lgan chiqindilarni keyinchalik foydalanishga yaroqli mahsulotlar qilib qayta ishlash maqsadga muvofiqdir. Ikkilamchi hom ashyo deb hisoblanishi mumkin bo’lgan chiqindilarga foydalanib bo’lingan katalizatorlar kiradi. TADQIQOT OB’EKTI Ammiak ishlab chiqarish jarayoni ko’plab bosqichlardan iborat bo’lib (metan konversiyasi, oltingugurt birikmalardan tozalash, metanator, sintez) , har bir bosqich turli katalizator va adsorbentlar yordamida amalga oshiriladi. Ammiak ishlab chiqarishda asosan temir, xrom, rux, mis, nikel, kobalt, molibden va boshqa metallar yoki ularning birgalikdagi aralashmalaridan tayyorlangan katalizatorlardan foydalaniladi. Barcha katalizatorlar ishlash davomida sodir bo’ladigan fizik va kimyoviy ta’sirlar natijasida foydalanishga yaroqsiz holatga keladi.[1] TADQIQOT PREDMETI Foydalanib bo’lingan katalizator qoldiqlari tarkibida qishloq xo’jaligi sohalarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan mikroelementlar (temir, rux, mis, kobalt, molibden va boshqalar) mavjudligi sababli, bu katalizator qoldiqlaridan qishloq xo’jaligi uchun mikroelementlar ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, katalizator qoldiqlarini utilizatsiya qilish muammosi qisman bo’lsada hal etiladi. TADQIQOT MAQSADI Ammiak ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib bo’lingan katalizator qoldiqlarini kimyoviy qayta ishlash orqali qishloq xo’jaligida foydalaniladigan, o’simliklar uchun zarur bo’lgan rux, mis, temir va boshqa mikro elementlarni nitrat va sulfat ko’rinishdagi mikroo’g’itlarini olishdan iborat. MIKROELEMENTLARNING O’SIMLIK HAYOTIDA AHAMIYATI Mis, marganes , temir , rux bor, oltingugurt, kremniy kabi 30 dan ortiq mikroelementlar o’simlik hayotida juda muhim ro’l o’ynaydi. O’simlikning o’sib rivojlanishi, gullab meva tugib, mo’l – ko’l hosil berishi tuproq tarkibida mikroelementlar yetarli darajada mavjudligiga bog’liqligi isbotlangan.
Dostları ilə paylaş: |