Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети



Yüklə 299,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix05.04.2023
ölçüsü299,27 Kb.
#93377
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
123882 (3)

Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda 
vujudga kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari 
o’rtasida ‘aydo bo’lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab 
chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar 
almashuvi – xalqaro savdoning ‘aydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. 
Ikkinchi bosqich  ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri 
kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va 
tadbirkorlarning ko’’roq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha 
milliy xo’jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX 
asrlarda rivojlangan jahon bozori ‘aydo bo’ldi. 
Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi 
tizimi shakllandi. 
To’rtinchi bosqich  XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’’lab 


mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida 
zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi 
tendenstiyalarini ‘aydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu tendenstiyalar 
quyidagilardan iborat: 
• iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; 
• ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; 
• jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi; 
• jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
“Jahon xo’jaligi”, “butunjahon xo’jaligi”, “jahon iqtisodiyoti” 
tushunchalari bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor 
ma’nolari farqlanadi. Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi 
barcha milliy iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy 
iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari 
majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay 
qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki 
bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib 
bormoqda.
Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab 
chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli 
mamlakatlar xo’jaliklari tizimidir.

Yüklə 299,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin