Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги термиз давлат университети


Bevosita iqtisodiyotni boshqaradigan



Yüklə 299,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix05.04.2023
ölçüsü299,27 Kb.
#93377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
123882 (3)

Bevosita iqtisodiyotni boshqaradigan, davlat iqtisodiy siyosatini 
hayotga tadbiq etadigan boshqaruv bo’g’inlarining asosiylari quyidagilar 
hisoblanadi.Bosh vazir, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha bosh vazir 
o’rinbosari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo’mitasi, 
O’zbekiston Markaziy va Milliy banklari, Xalq jamg’arma banki, Davlat boj, 
soliq va xususiylashtirish qo’mitalari, barcha vazirliklarning iqtisodiy 
boshqarmalari va hokimliklar 
Milliy iqtisodiyotning boshqaruv vazifalari umumiy tarzda 
quyidagicha belgilangan
1. Bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini va ijtimoiy muhitni yaratib 
berish. 
2. Mulk daxlsizligini ta’minlash. 


3. Raqobat halolligini saqlash va uni himoya qilish. 
4. Daromad va milliy boyliklarni taqsimlash va qayta taqsimlash. 
5. Milliy mahsulot tarkibini yaxshilash maqsadida resurslar 
taqsimotini tartibga solish, ustuvor yo’nalishlarni belgilash. 
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ish bilan ta’minlash, inflyatsiya 
jarayonlarini nazorat qilish, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, ijtimoiy ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish; 
7. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’tish davrining 
xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli chora-tadbirlar, xususan 
aholining ma’lum bir tabaqalarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash. 
8. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlarining uzviyligini 
ta’minlash. 
9. Respublika aholisining tarkibiy o’sish sur’atlari va boshqa 
xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish joylarini tashkil etish, aholini 
ish bilan ta’minlash, mehnat birjalari va mehnat bozorlarini tashkil etish. 
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish. 
10. Iste’mol bozorining himoyasini tashkil etish. 
11. Milliy pul birligi kursining qat’iyligini ta’minlash va hokazolar.
Bozor iqtisodiyotiga og’ishmay borishni ta’minlash uchun birinchi 
navbatda ana shu qayd etilgan ishlarni amalga oshirish lozim bo’ladi. Shu 
bilan birga mahalliy xususiyatlarni hisobga olish, oldingi markazlashgan 
davlat boshqaruv tizimining ham maqsadga muvofiq jihatlarini saqlab 
qolish kerak.
O’zbekiston Respublikasi ma’muriy jixatdan o’n ikkita viloyat va 
Qoraqolpog’iston Respublikasini o’z ichiga oladi. Ma’lumki, viloyatlar yana 
tumanlarga bo’linadi. Ushbu mintaqalarning boshqaruv organlari va 
ularning xuquqiy, mulk chegaralariga o’zgartirishlar kiritildi. Mahalliy 
ahamiyatga molik bo’lgan qonunlar va farmonlar qabul qilish xalq 
tomonidan saylangan tuman, viloyat deputatlari, ularning kengashlari 
zimmasiga yuklatilgan. Mahalliy darajada Oliy boshqaruv va ijrochi organ – 
viloyat va tuman hokimiyat organlari tuzilgan. Hokimlar respublika 
Prezidentining joylardagi vakili bo’lib, ular Prezident tomonidan tavsiya 
etiladi va mahalliy deputatlar kengashida tasdiqlanadi. Shu bilan birga ular 


mahalliy kengash raislari etib saylanadi.12Mahalliy hokimiyatning mulk 
huquqlari asosiy qonunda qat’iy belgilanib, ularning shakllanish manbalari 
ham aniq ko’rsatilgan. Munitsipial mulk deb atalmish ushbu mulk mahalliy 
sanoat, tijorat va boshqalar hisobiga tashkil etiladi va ular to’liq mahalliy 
hokimiyatlar tasarrufida bo’ladi. Mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiyotning 
boshqaruv bo’g’inlari yuqorida sanab o’tilgan respublika organlarining 
bo’limlari hisoblanadi.
2. Miliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzulmalari. 
Iqtisodiyot murakkab va ko’p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq 
funktsiyani bajaradigan va shuning bilan birga boshqa bo’g’inlar xarakatini 
ta’minlaydigan keng tarmoqli turli xil bo’limlar tizimidan iborat. Shuning 
uchun iqtisodiyotning tarkibi doimo rivojlanishda va takomillashtirishda 
bo’ladigan murakkab organizmdir.

Yüklə 299,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin