5.5. Xonalar va inter’er
Mehmonxona binosi o’z funktsiyasiga ko’ra yashash va xizmat ko’rsatish bo’limlariga bo’linadi. Xizmat ko’rsatish bo’limlari bu – ma’muriy, xizmat-ko’rsatish va yordamchi xo’jalik binolaridir.
Ma’muriy bino bo’limiga vestibyul, ma’muriy xizmat ko’rsatish, byuro xizmati, qabulxona, direktsiya, kadrlar bo’limi, ta’minot bo’limi, garderob, yukxona, shveytsar xizmati bo’limlari kiradi.
Xizmat ko’rsatuvchi bino bo’limiga aloqa agentligi, transport xizmati kassasi, gazeta, jurnallar, kitoblar, suvenirlar, parfyumeriya sotuv kiosklari, dori kiosklari, sartaroshxona, restoranlar, kafe, barlar, konferentsiya zallari, kiyim tozalash va tikish, poyafzal ta’mirlash, kutubxona, trenajyor zallari va boshqalar kiradi.
YOrdamchi xo’jalik xonalar: xizmat qiluvchi xodimlarga ajratilgan xonalar, choyshablar saqlanuvchi xonalar, kir yuvish xonalari, ta’mirlash ustachilik xonalari, suv isitish xonalari va boshqalar. Mebel va nomerlarni pardozlash bu mehmonxona intereriga bog’liq. «Interer» so’zi mehmonxonaning ichki qiyofasi degan ma’nolarni anglatadi. Mehmonxona mebeli va boshqa yumshoq jihozlar xonalarning shinamligini va mehmonxonaning asosiy intererini belgilaydi. Mehmonxona mebellari maishiy, idora xizmatiga oid, restoranga oid va maxsus mebellarga bo’linadi. Maishiy mebellarga nomerdagi krovatlar, shkaflar, javoncha (tumbochka), stol va stullar kiradi. Idoraga oid mebellarga ofisni jihozlash uchun hamda turli xizmat xonalariga xizmat qiluvchi mebellar kiradi.
Restoranga oid mebellar kafe, oshxona, barlar, restoranlar, bufetlarni jihozlash uchun mo’ljallangan.
Maxsus mebellar bilan sartaroshxona, ustachilik xonasi va boshqa xonalar jihozlanadi. YUmshoq anjomlar (inventar) – bu pardalar, o’rin choyshablari, gilamchalar, o’rinning ustki choyshablari, yostiqlar va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |