Iqtisodiy qonunlarga ko‘ra har qanday boshqa faoliyat kabi turistik faoliyat tizimi ham ikkita kichik tizimga bo‘linadi. Bu kichik tizimlar quyidagilarni amalga oshiradi:
xalqaro va ichki turistik bozorlarda turistik tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqish, realizatsiya qilish va takomillashtiri;
korxonaning faoliyatiga rahbarlik qilish, tadbirkorlik chora-tadbirlari bajarilishining samaradorligini tahlil qilish va baholash, turistik biznes bozorlarida sharoitlar o‘zgarganda reja ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kiritish.
Bu kichik tizimlarning mustahkam o‘zaro aloqada bo‘lishi tadbirkorga maksimal iqtisodiy foyda olishiga imkon beradi. Bu muammoni hal qilish uchun umuman turizmni rivojlantirish va uning tashkil etuvchi turlari va tuzilmalarining mutanosibligini bashorat qilish, rejalashtirishning barcha bosqichlarida asoslangan qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Bu vazifalarni bajarish iqtisodiy-matematik metodlar va modellar (ekspert baholashi, korrelyatsiya-regressiya tahlili, me’yoriy, balansli va boshqalar)dan keng foydalanishni talab qiladi.
Kompleks va uzoq muddatli vazifalarni bajarish uchun sistemali analiz va sintez metodidan foydalaniladi. Ko‘p omilli ob’ektlar (investitsiya, sotish, foyda va boshqalar)ni bir necha yillardagi statistik ma’lumotlar asosida bashorat qilish regressiyaviy tahlil yo‘li bilan amalga oshiriladi. U ma’lum kattalikning ushbu kattalikka ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarga bog‘liqligini tadqiq etishni nazarda tutadi.
Korrelyatsiya (juft va ko‘p martalik) turli omillar va tendentsiyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani belgilab beradi, ularning bir-biriga ta’sirini aniqlaydi.
O‘zgaruvchan o‘rta metodi shuni nazarda tutadiki, vaqt qatori bo‘yicha keyin keladigan ko‘rsatkich o‘z kattaligi bo‘yicha oxirgi yillardagi (oylardagi) o‘rtacha miqdoriga teng.
Ekspert baholashi metodi keng tarqalgan. U dalillar, intuitsiya va yuqori malakali mutaxassislarning fikridan foydalanish, keng axborot almashish asosida tahlil qilinayotgan yoki rejalashtirilayotgan masalani jamoa bo‘lib o‘rganishni ta’minlaydi. Ekspert so‘rovini o‘tkazayotganda asosiy vazifa ekspertga tahlil qilinayotgan hodisaning eng haqiqatga to‘g‘ri keladigan modelini yaratishga (masalan turizmni uning turlari va rayonlari bo‘yicha rivojlantirishning so‘nggi natijalari) yordam berishdan iborat.
Guruhiy ekspert baholashlarini amalga oshirishda ko‘p martalik, ommaviy xizmat ko‘rsatish va boshqa nazariyalarning apparatidan foydalaniladi.
Istiqbolni belgilashga qaratilgan rejali ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish uchun me’yoriy metod qo‘llaniladi. U oldindan qonunchililk yoki idoraviy asosda ishlab chiqilgan me’yorlar va me’yoriylarga asoslanadi. Ular resurslarga oid, iqtisodiy va ijtimoiyga bo‘linadi.
Rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini modellashtirish metodi iqtisodiy-matematik modellarga asoslanadi. Bu modellar shaxsiy kompyuterdan foydalanib qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga imkon beradi. Modellashtirish ko‘pincha rejalashtirilayotgan jarayonda strukturaviy o‘zgarishlar ehtimoli katta bo‘lmagan qisqa muddatli, tezkor rejalashtirishda qo‘llaniladi.
Fan va amaliyotda «xarajat-tayyorlash» metodi sifatida ma’lum bo‘lgan balansli metod universal ahamiyatga ega. U ehtiyojlarni resurslar (moddiy, moliyaviy, kadrlar va sh.k.) bilan bog‘laydi. Uning yordamida resurslardagi nomutanosibliklar ochiladi, xalq xo‘jaligidagi mutanosibliklar tartibga solinadi, rejaning bo‘limlari va ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nisbat asoslab beriladi, zahiralar aniqlanadi, makroiqtisodiy muvozanat o‘rnatiladi.
Turli bosqichlarda turizmni rejalashtirish metodlari, qoida tariqasida yoki axborotlarning juda ko‘pligi bilan, yoki unga ishlov berishning qiyinligi bilan tavsiflanadi. Bunday kamchiliklarni istisno qilish uchun axborot to‘plash va unga ishlov berishning kompyuter tizimini kompleks qo‘llash maqsadga muvofiq.
Turizm sohasiga ixtisoslashgan dasturiy ta’minot strategik va taktik rejani ishlab chiqish, standart hujatlarni tayyorlash va bosib chiqarish uchun qulay vositadir.
Dostları ilə paylaş: |