O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining to‘sqinliksiz amalga oshirilishini ta’minlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda.
Ushbu maqsadda muqobil tekshiruvlar va rejadan tashqari tekshiruvlarning barcha turlari bekor qilindi, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi bir qator litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari qisqartirildi hamda soddalashtirildi. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro miqyosdagi reytingiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda, ularning hal etilishi biznesni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatli himoyasini ta’minlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |