Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус таълим Вазирлиги


Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida inson resurslarini



Yüklə 388,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü388,8 Kb.
#47748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
inson resurslarini boshqarish

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida inson resurslarini 

boshqarishning tutgan o‘rni va ahamiyati. 

 

                                                   Reja:  

 

1.1.Modernizatsiyalash sharoitida inson resurslarini boshqarish ahamiyatining o‘sishi. 



1.2.Inson resurslarini 

boshqarish xususiyatlari, boshqarish bosqichlari. 

1.3.Inson resurslsrihi boshqarishning  etti asosiy ko‘rinishi 

Mamlakatimiz  yildan-yilga  jahon  hamjamiyatida  tenglar  ichra  teng  bo'lib, 

taraqqiyotning  o'zi  tanlagan  yo'lidan  asosiy  maqsadimiz  –  inson  manfaatlari, 

huquqi va erkinliklari yuksak qadriyat hisoblanuvchi, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor 

iktisodiyotiga  asoslangan  demokratik  huquqiy  davlat  va  fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirish  va  taraqqiy  ettirish  sari  dadil  odimlar  bilan  rivojlanib  bormoqda. 

Iqtisodiyotimizning  turli  soha  va  tarmoqlari  o'rtasidagi  mutanosiblikning 

kuchayishi  hamda  barqaror  o'sish  sur'atlarining  ta'minlanishi  natijasida  aholi 

daromadlarining  oshishi,  turmush  darajasining  sezilarli  ravishda  o'sishi  ertangi 

kunga bo'lgan ishonchning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. 

Yurtimiz  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotida  qo'lga  kiritilayotgan  yuksak 

natijalar,  eng  avvalo,  yangidan-yangi  zamonaviy  tarmoq  va  ishlab  chiqarish 

faoliyatlarining  yo'lga  qo'yilishi,  buning  ta'sirida  mamlakatimiz  iqtisodiy 

salohiyatining  ahamiyatli  darajada  kengayib  borayotganligi,  yaratilayotgan 

mahsulot 

va 


ko'rsatilayotgan 

xizmatlar 

turlarining 

ko'payib, 

sifatining 

takomillashib  borishi,  bir  so'z  bilan  aytganda,  iqtisodiyotimizning  yangicha 

mazmun  va  sifatga  ega  bo'lib  borishida  mustaqil  taraqqiyot  yo'lining  to'g’ri 

tanlanganligi,  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  siyosatning  har  tomonlama 

asoslanganligi  hamda  xalqimizning  fidokorona  mehnati  eng  muhim  va  asosiy 

omillar sifatida xizmat qilmoqda.  

O‘zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy  islohatlarni  amalga  oshirishda 

mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlantirishda  bilimdon  va  ishbilarmon  xodimlarni 

shakllantirishga  erishish  muhim    ijtimoiy-iqtisodiy    ahamiyatga  egadir.  Hozirgi 

kunda  mamlakatimizda  kadrlarni  boshqarish  dolzarb  muammolardan  biri 

hisoblanadi.  Bu  borada  hukumatimiz  tomonidan  bir  qator  me’yoriy  qonun  hujjat-



lari qabul qilingan. Shulardan «Ta’lim to‘g‘risida»

1

gi,  Qonun, “Kadrlar tayyorlash 



milliy  dasturi”,  «Istiqbolli  yosh  pedagog  va  ilmiy  kadr  malakasini  oshirish  va 

tajriba  almashuv  tizimini  takomillashtirish  to‘g‘risida»gi  Prezident  Farmoni 

kabilarni misol qilib keltirish mumkin.  

Respubdika ishlab chiqarish korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash 

bilan  bir  qatorda,  mavjud  personalni  boshqarish  tizimi  va  kadrlar  menejmenti 

takomillashtirilish  davom  ettirilishni  taqozo  etmoqda.  Bu  esa,  hozirgi  bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida yanada dolzarb masalaga aylanmoqda.  

Jаmiyatning rivоjlаnish dаrаjаsi ko’p hоllаrdа mаmlаkаtdа mаvjud аhоlining 

sоni vа tаrkibi bilаn аniqlаnаdi. Mаmlаkаt аhоlisining fаоl qismi mеhnаt qilishgа, 

mаhsulоt ishlаb chiqаrishgа, хizmаt ko’rsаtishgа o’z kuchini, bilimi vа mаlаkаsini 

sаrflаydi.  Аhоlining fаоl  qismi  mеhnаtgа  lаyoqаtli vа  mеhnаtgа  yarоqli  аhоlidаn 

tаshkil  tоpаdi.  Mеhnаtgа  lаyoqаtlilik  dаvri  insоn  yoshining  bеlgilаngаn 

dаrаjаsigаchа  bo’lgаn  dаvrni,  mеhnаtgа  yarоqlilik  esа  аqliy  vа  jismоniy 

qоbiliyatining  еtаrlilik  dаrаjаsini  bildirаdi.  Shundаy  qilib,  аhоlining  fаоl  qismi 

insоn rеsurslаri, dеb аtаlаdi.  

Insоn rеsurslаri – bu оdаmlаr, ulаrning mеhnаt аhlоqi vа qo’yilgаn mаqsаdgа 

erishishi  uchun  intilishi,  ulаrning  bilimlаri  vа  qаdriyatlаri  tizimi,  ijоdiy  vа 

nоvаtоrlik  qоbiliyatlаridir.  Huddi  shu  оmillаr  mаmlаkаtdа  iqtisоdiy  o’sishni, 

fаrоvоnlik  vа  hаvfsizlikni  tа’minlаsh  imkоnini  bеrаdi.  Mеhnаt  sоhаsi,  ish  bilаn 

bаndlik  shаrоitlаri  vа  mеhnаt  munоsаbаtlаri  tizimidаgi  chuqur  qаytа  o’zgаrishlаr 

bеlgilоvchi  rоl  o’ynаb,  ulаrsiz  ijtimоiy  yo’nаltirilgаn  iqtisоdiyotning  аsоsiy 

mаqsаdi  sifаtidа  insоngа  qаrаtа  hаqiqiy  burilishni  аmаlgа  оshirib  bo’lmаydi. 

Birоq,  yuqоridа  аytib  o’tilgаnlаrdаn  mаzkur  tushunchа  bоzоr  iqtisоdiyoti  uchun 

yarоqsiz,  dеgаn хulоsа kеlib  chiqmаsligi lоzim.  Аksinchа,  bоzоr  iqtisоdiyotining 

rivоjlаnib  bоrishi  shuni  ko’rsаtmоqdаki,  insоn  rеsurslаri  bоzоr  kаtеgоriyalаri 

tizimigа  bаtаmоm  singib  bоrmоqdа.  Insоn  rеsurslаri  fаqаtginа  mеhnаt  rеsurslаri 

emаs, bаlki ulаr bоshqа  – iqtisоdiy fаоl vа nоfаоl аhоli, ish bаlаn bаnd vа ishsiz 

                                                 

O'zbekiston  Respublikasi «Ta'lim to'g’risida»gi qonuni. – T.: O'zbekiston

,1997  



аhоli,  ishchi  kuchi,  kаdrlаr  kаbi  bоshqа  kаtеgоriyalаrdа  hаm  kоnkrеtlаshishi 

mumkin.  

Zamonaviy  korxonalar  faoliyatini  samarali  ta’minlashda    mehnat  vositalari 

bilan  birgalikda    inson  resurslari  –  xodimlar  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Aynan 

xodimlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga 

oshiradilar hamda ishlab chiqarishdan foydalanishni ta’minlaydilar. Xodimlarning 

kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish 

ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi. 

Bugungi    kunda    mamlakatimizda    bozor    iqtisodiyoti    chuqur    ildiz    otib  

borayotgan  davrda  «Kadrlar  tayyorlash bo‘yicha  milliy  dasturi»ga  muvofiq  bir  

qator  yangi  talablar  yuzaga  kelmoqda. Ular  ichida  eng  muhimlari: ijtimoiy–

psixologik    boshqaruv,  guruhlarda    o‘zaro    shaxsiy    munosabatlarni,  rahbarlik  

munosabatlarini    tahlil    qilish    va    tartibga    solish, ishlab    chiqarish    va    ijtimoiy  

ixtiloflarni    hamda    stresslarni    boshqarish,  kadrlarni  boshqarish  tizimini  axborot 

bilan ta’minlash, bandlikni  boshqarish, bo‘sh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni 

baholash  va  xodimlarga  bo‘lgan    ehtiyojlarni    tahlil    qilish,  kadrlar    marketingi, 

xizmat    martabasini  rejalashtirish    va      mehnat–huquqiy  munosabatlar  masalalari, 

mehnat  ergonomikasi  va   mehnat  estetikasidan  iboratdir. 

Respublikamizdagi  iqtisodiy  va  siyosiy  tizimlarda  ro‘y  berayotgan  o‘zgarish-

lar  har  bir  shaxs  uchun, turmushi  barqarorligi  uchun  katta  imkoniyatlar  tug‘dirish  

bilan    bir    qatorda    jiddiy    xavf–xatar    ham    tug‘diradi,    amalda    har    bir    kishining  

hayotiga    ma’lum    darajada    noaniqlik    kiritadi.  Bunday    vaziyatda    personalni  

boshqarish  alohida ahamiyatga ega, chunki  u  shaxsning  tashqi  sharoitga moslashish, 

tashkilotdagi   personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish 

masalalarining  butun  majmuini  amalga  oshirish  imkonini  beradi. Shuning  uchun  

ham  ma’naviyat  va  qadriyatlarning  ustuvorligiga   butunlay  yangicha  yondashuv-

larni  ishlab  chiqish  zarur  bo‘ladi. Korxona  va  tashkilot  ichidagi  asosiy  jihat – 

xodimdir,  tashkilotdan    tashqarida    esa  mahsulot    iste’molchilaridir.    Ishlovchining  

ma’naviy  ongini  boshliqqa  emas, balki  tashabbuskorga  tomon  yuz burish  zarur.  



O‘zbekistondagi  va  chet  ellardagi  tashkilotlar  tajribasini  umumlashtirish  

personalni  boshqarish   tizimining  asosiy  maqsadini, ya’ni  kadrlar  bilan  ta’min-

lash,    ularning    samarali    ishlashi,  kasbiy    va    ijtimoiy    jihatdan    rivojlantirishni  

shakllantirishga  imkon  beradi. Shunga  ko‘ra  korxona  va  tashkilot  personalini  

boshqarish  tizimi  shakllantiriladi.   

 O'zbekistonda  aholini  ish  bilan  ta'minlashni  yanada  yaxshilash  va 

farovonligini  oshirishning  eng  muhim  yo'nalishi  sifatida  kichik  biznes  va xususiy 

tadbirkorlik,  xizmat  ko'rsatish  va  kasanachilik  sohalarini  qo'llab-quvvatlash  va 

rivojlantirishni  rag’batlantirish, ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  yanada 

rivojlantirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 




Yüklə 388,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin