Ko’p yillаr dаvоmidа ulаr tаbiiy vа o’zlаri egаllаgаn sifаtlаrini iqtisоdiy hаyot vа
ijtimоiy tаrаqqiyotning аsоsiy mеzоnigа аylаntirdilаr.
Insоndаn аjrаtib bo’lmаydigаn bir qаnchа iqtisоdiy jаrаyonlаr mаvjud bo’lib,
ulаrni iqtisоdiyot nаzаriyasigа birgаlikdа kiritish mumkin. Bulаrgа sifаt
o’zgаrishlаrini, mаqsаdlаrni bеlgilаsh (ehtiyojlаrni hisоbgа оlish vа qulаy yo’lni
tаnlаsh), iqtisоdiy mехаnizm (ishlаb chiqаruvchi – istе’mоlchi) vа х.z. kiritish
mumkin. Аlbаttа bundаy jаrаyonlаr sifаtidа eng birinchi mеhnаtni аytish mumkin.
Хоzirgi kundа vа istiqbоldа еchilishi kеrаk bo’lgаn muаmmоlаr tub o’zgаrishlаrni
vа tаkоmillаshtirish jаrаyonlаrini tаlаb qilаdi, bungа esа ishchi kuchlаrining ijоdiy
fаоliyatlаri nаtijаsidа erishilаdi.
Moddiy va tabiiy resurslarni boshqarish bilan bir qatorda insonlarni boshqa-
rish har qanday korxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir. Biroq o‘z
ta’riflariga ko‘ra inson tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan jiddiy
ravishda farq qiladi, binobarin, boshqarishning alohida usullarini talab etadi.
Birinchidan, inson aql–idrokka ega bo‘lib, u tashqi muhitga (boshqarishga)
ta’siri mexanik tarzda emas, balki hissiy – o‘ylangan, anglab etilgan ta’siridir.
Demakki, tashkilot bilan xodim o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ko‘rsatish jarayoni ikki
tomonlamadir.
Ikkinchidan, inson doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga
qodir. Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida texnologiya, shu bilan birga
kasbiy ko‘nikmalar bir necha yil mobaynida eskirib qoladi. Shuning uchun
ham xodimlarning doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib borishga
qodirligi korxona va tashkilotning faoliyati samaradorligini oshirishning eng
muhim va uzoq davom etadigan manbaidir.
Uchinchidan, insonning mehnat hayoti hozirgi jamiyatda 30 – 50 yil
davom etadi, shunga ko‘ra inson bilan tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari
ham uzoq davom etish xususiyatiga ega.
To‘rtinchidan, kishilar ko‘p hollarda korxona va tashkilotga ongli
ravishda, o‘z oldilariga muayyan maqsadlarni qo‘ygan holda keladilar va
tashkilotdan ana shu maqsadlarni amalga oshirishga yordam berishni kutadilar.
Xodimning korxona va tashkilot bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashdan qanoat
hosil qilishi, bu hamkorlikni davom etirishning muhim sharti hisoblanadi,
xuddi shuningdek, korxona ham bu hamkorlikdan qanoat hosil qiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan o‘ziga xos xususiyatlarga ko‘ra inson resurslarini
boshqarish faoliyatning alohida turidir, u maxsus vazifalarni bajarishni va mazkur
faoliyat bilan shug‘ullanadigan kishilarda alohida sifatlarning bo‘lishini talab
qiladi.
Inson resurslarni boshqarish quyidagi maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin:
-inson resurslaridan samarali foydalanish;
-tashkilot xizmatchilari o‘rtasida yaxshi mehnat munosabatlarini shakl-
lantirish;
-jamoada yaxshi ijtimoiy-ruhiy muhitni saqlab turish;
-har bir shaxsning mukammal ravishda rivojlanishini ta’minlash.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
birinchidan funktsional vazifalari aniq belgilangan, qobiliyatli insonlarni ishga
olish lozim, buning uchun malakaviy tavsiflar ishlab chiqilishi kerak; ikkinchidan
insonlarning imkoniyatlarini samarali tadqiq etish; uchinchidan maqsadlarni
bajarish uchun mehnat qilishga tayyorlikni qo‘llab-quvvatlash.
Butun tashkilot kabi tashkilot personali ham, shuningdek, uning har qanday
qismi ham to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Bu harakat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Mehnat
resurslarini
rejalashtirish
Yig’ish
Tanlash
Shartnoma tuzish, ish
haqi va imtiyozlarni
belgilash
Mehnat
faoliyatini
baholash
Ko’tarish
Pasaytirish
Ishdan bo’shatish
O’qitish, malaka
oshirtirish, qayta
o’qitish
Yo’naltirish va
moslashtirish
2-chizma. Personalni boshqarish modeli
4
Dostları ilə paylaş: