Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта
Махсус таълим Вазирлиги
Мавзу:
Ўзбекистонда инвестиция фаолияти
Бажарди: СС – 50 гурух талабаси
М. Мардонов
Tошкент – 2013
KIRISH.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”ga asosan menejment yo’nalishida ta’lim
olayotgan talabalarga etarli bilim berish maqsadida o’quv qo’llanmalar tayyorlash
va ularni talabalarga etkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zamonaviy korxonalar faoliyatini samarali ta’minlashda mehnat vositalari
bilan birgalikda inson resurslari – xodimlar ham muhim ahamiyatga ega. Aynan
xodimlar ishlab chiqarishni boshqarib, joriy va istiqboldagi rejalashtirishni amalga
oshiradilar hamda ishlab chiqarishdan foydalanishni ta’minlaydilar. Xodimlarning
kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning iqtisodiy va ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib
borayotgan davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq bir qator
yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy–ruhiy
boshqaruv, guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik
munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
ixtiloflarni hamda stresslarni boshqarish, kadrlarni boshqarish tizimini axborot
bilan ta’minlash, bandlikni boshqarish, bo‘sh (vakant) lavozimlarga nomzodlarni
baholash va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, kadrlar marketingi,
xizmat martabasini rejalashtirish, mehnat jarayonidagi sabablarni boshqarish,
mehnat–huquqiy munosabatlar masalalari, mehnat psixofizologiyasi, ergonomikasi
va mehnat estetikasidan iboratdir.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining rivojlanishida inson resurslarini
boshqarishning zamonaviy shakllarini amaliyotda qollash muhim hisoblanadi.
Inson resurslarini boshqarish fanini o’qitishdan maqsad talabalarda inson
resurslarini boshqarishning nazariy asoslarini va bu jarayondagi vujudga keladigan
muammolarni hamda ularni hal qilish yo’llarini o’rgatish bo’lib, bu orqali ularda
rahbarlik, tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishdir.