Ўзбекистон Республикаси Олий ва њрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix14.12.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#74603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kibr

So‘zboshi 
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o‘quv-tarbiya 
jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muxim urin 
egallaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday o‘quv 
faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko‘nikmalar 
shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta’minlanadi.
"Kiberxavfsizlik asoslari" fani Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 
va uning qoshidagi filiallarda uzluksiz dastur tizimiga kiradi va Davlat ta’lim 
standartiga asoslanadi. 
Ushbu fanni o‘qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlar bilan 
ishlashni o‘rganish bilan birga, bevosita xafsizlik masalalarini yechish uchun amaliy 
dasturlar paketlaridan foydalanishni biladigan bo‘lishadi. Talaba o‘z mutaxasisligi 
bo‘yicha yechiladigan masalalarga ularni tadbiq qilish ko‘nikmasini hosil qilishi 
kerak bo‘ladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabaning mustaqil ta’lim ishini tashkillashtirishda 
quyidagi mezonlar asos qilib olingan:

Mustaqil ta’lim ishi bevosita " Kiberxavfsizlik asoslari" fani bo‘yicha aniq 
topshiriqlardan iborat bo‘lishi lozim;

Mustaqil ta’lim ishi o‘qituvchi tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinishi 
shart.
Ushbu mezonlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida talabalarni quyidagi 
shart-sharoitlar bilan ta`minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi:

Talaba tomonidan bajariladigan mustaqil ishning aniq bir uslubda bo‘lishini 
ta`minlash;

Zaruriy axborot ta`minotining mavjudligi, masalan, o‘quv adabiyotlari, 
elektron darsliklar va boshqalar;

Zaruriy uslubiy ta`minotning mavjudligi;

Test materiallarining mavjudligi;

Texnik ta`minotning mavjudligi;

Talabaga mustaqil ishni bajarishi uchun aniq vaqtlarni belgilash;




O‘qituvchilar tomonidan maslahatlarni tashkillashtirish;

Mustaqil ishlarni dolzarbligini ta`minlash;

Talabalar o‘rtasida olingan natijalar bo‘yicha konferensiyalar tashkillash-
tirish;

Olingan natijalar bo‘yicha talabalarni rag‘banlashtirish.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va 
nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ta’lim ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan 
foydalaniladi:
1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini 
o‘rganish; 
2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; 
3. Avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 
4. Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 
5. Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarini 
o‘rganish; 
6. Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; 
7. Faol 
va 
muammoli 
o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv 
mashg‘ulotlari; 
8. Masofaviy ta’lim. 
Shulardan kelib chiqqan holda talabalar ushbu kursni o‘rganishi mobaynida 
nafaqat nazariy va amaliy, balki mustaqil holda ham ishlashlari ham zarur bo‘ladi, 
chunki ajratilgan soatlarning kamligi, bevosita mavjud bo`lgan dasturiy va 
texnikaviy vositalarni o`rganish zaruriyati va hozirgi kunda doimiy yangilanib 
turilayotgan adabiyotlar bilan tanishib borish muntazam ravishda shug‘ullanishni 
talab qiladi.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin