Kafedra mudiri: __________ L.M.Nabiulina
Fanning ishchi o’quv dasturi “Kasb ta’limi” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2015 yil “___”_______dagi _-sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: __________ Ya.U.Ismadiyarov
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i __________________________
Ishchi o`quv fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
2015- yil “__” _______ dagi __ -sonli majlis bayoni
Kirish
Mazkur ishchi o`quv fan dasturi 5A111001 – Kasb ta’limi nazariyasi va metodikasi (Informatika va axborot texnologiyalari) magistratura mutahassisligida o’qiladigan «Multimediali o’quv-metodik majmuani yaratish texnologiyasi» tanlov fani bo’yicha tuzilgan bo’lib, bo’lajak mutaxassis egallashi kerak bo’lgan bilimlar va ko’nikmalar majmunini o’z ichiga oladi.
1.1.Fanning maqsadi va vazifalari
Ushbu fanini o’qitishdan maqsad - oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan magistrlarga zamonaviy multimediali o’quv-metodik majmuani yaratish texnologiyasi haqida bilim berish, ularni yaratish va o‘quv-ta’lim jarayoniga qo‘llash uchun kerakli ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Fanning vazifasi - multimediali o’quv-metodik majmua haqida tushunchalarni, ularning har xil turlarigi yaratish texnologiyalari va ta’lim jarayonida qo‘llash usullari bilan ishlash malakasini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘z fanlarini o‘qitishda va ulardan muayan foydalanish haqida ma’lumot berishdan iborat.
1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar
Ushbu o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
- Multimediali o’quv-metodik majmuani yaratish texnologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari; o’quv-metodik majmualarining asosiy tushunchalari; multimediali o’quv-metodik majmuani yaratish usullari va bosqichlari; Multimediali o’quv-metodik majmuani yaratish dasturiy vositalari; Multimediali o’quv-metodik majmuani o’quv jarayonida qo’llash usullari haqida tasavvurga ega bo’lish;
- multimediali o’quv-metodik majmuani yaratish usullari va bosqichlari; Multimediali o’quv-metodik majmuani yaratish dasturiy vositalari; Multimediali o’quv-metodik majmuani o’quv jarayonida qo’llash usullari bilishi va ulardan foydalana olishi;
- maxsus fanlarning didaktik ta’minotini ishlab chiqish, mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlash, maxsus fanlarning o’quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqish, maxsus fanlarni o’qitish jarayonida reyting tizimini qo’llash, maxsus fanlarni o’qitishda mashg’ulotlarning rejasini tuzish va ma’ruza matnini tayyorlash; ochiq mashg’ulotlarni o’tkazish va hujjatlarini rasmiylashtirish, yil, semestr bo’yicha o’quv ishlarining tashkil etilishini rejalashtirish, auditoriyadan tashqari ish shakllariga rahbarlik qilish, o’qitish jarayonida axborot texnologiyalari va interfaol texnologiyalarni qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |