1.2. Fan bo'yicha talabalarning bilimiga, ko'nikma va
malakasiga qo'yiladigan talablar
“Sud tibbiyoti” o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- o'limning yuz berganligini aniqlash, tergovchi tomonidan tuziladigan dalolatnomada murda holatini va undagi kiyim, murda o'zgarishlari, jarohatlarni tavsiflash bilan tashqi ko'rik ma'lumotlarini qayd etish, o'lim muddatini aniqlash;
- hodisa sodir bo'lgan joyda biologik ashyoviy dalillarni topish, yig'ish va o'rashda tergovchiga yordam berish;
- murdalar sud-tibbiy tekshiruvini o'tkazish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, o'lim haqida vrach guvohnomasini tuzish;
- tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazish, ekspert xulosasi va dalolatnomasini tuzish, jumladan tan jarohatlarining og'irlik darajasini baholash;
- to'satdan o'lim, mexanik jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa sud-tibbiy ekspertiza ma'lumotlaridan ushbu noxush holatlarning profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar o'tkazish;
- murda va tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasida laborator tekshiruvlarga material olish va ushbu tekshiruvlar natijalarini baholash;
- tibbiy xodimlarning kasb huquqbuzarliklari holatlarida o'tkazilgan ekspertiza materiallari bo'yicha aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar o'tkazishni bilishi kerak;
- murdani tekshirish usullari;
- laboratoriya tekshiruvlari uchun murdadan material olish usullari;
- sud tibbiy tashxis tuzish;
- ekspert xulosasi to'xtamlarini tuzish;
- tirik shaxslar ekspertizasini o'tkazish usullari, xulosa va dalolatnoma tuzish;
- tan jarohatlarining og'irlik darajasini baholash;
- sud-tergov materiallari bo'yicha ekspertiza o'tkazish va xulosa tuzish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
- voqea joyini ko'zdan kechirish;
- murdani topilgan joyida ko'zdan kechirish;
- o'lim yuz berganligini aniqlashning asosiy usullari;
- o'lim muddatini aniqlash;
- murda kiyimlarini ko'zdan kechirish va tavsiflash;
- ilk va kechki murda o'zgarishlari va jarohatlarini tavsiflash malakalariga ega bo'lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |