8.1.Mashg'ulot maqsadi: Talabalarni tirik shaxslar ekspertizasi xususiyatlari bilan tanishtirish. Tan jarohatlari haqida asosiy tushunchalarni berish. Tan jarohatlarining og'irlik darajasini aniqlashni o'rgatish. Ekspert xulosasini tuzishni ko'rsatish.
8.2 Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. O'qituvchi talabalar bilan tan jarohatlari bo'yicha jabrlanuvchining sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazadi. O'qituvchi talabalarni berilgan holatidagi ma'lumotlar bilan tanishtirgach, tirik shaxs ekspertizasini o'tkazadi. Talabalarga tirik shaxs sud-tibbiy ekspertizasi xususiyatlarini tushuntiradi, ekspert xulosasi qanday tuzilishi kerakligini ko'rsatadi.