Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Mavzu № 7. O'q otar qurollardan etkazilgan jarohatlar



Yüklə 325,5 Kb.
səhifə42/51
tarix02.01.2022
ölçüsü325,5 Kb.
#1466
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Mavzu № 7. O'q otar qurollardan etkazilgan jarohatlar.

7.1. Mashg'ulot maqsadi: O'q otar jarohatlar haqida talabalarga tushuncha berish. Talabalar e'tiborini o'q otar jarohatlarni to'g'ri tavsiflashga qaratish. Talabalarni teridagi, suyaklardagi, ichki a'zolardagi turli xil jarohatlar va ularning o'ziga xos tomonlari bilan tanishtirish. Ekspert xulosasini tuzish.

7.2. Ko'rsatilgan mavzu va usullarni realizatsiyalash bo'yicha ko'rib chiqiladigan savollar ketma-ketligi. Talabalar bilan suhbatda otish va u bilan birga kechuvchi holatlar, o'q otar jarohatlarni yuzaga chiqish mexanizmi va ekspertizada hal qiluvchi savollarga qaratish. Bu jarohat o'q otar hisoblanadimi ? Qay biri kirish, qay biri chiqish yarasi hisoblanadi? Qancha masofadan o'q uzilgan? Tana massasiga nisbatan o'q kanali (yo'li) yo'nalishi qanday? Murdani tekshirish holatlarida o'q otar jarohat o'lim sababi bo'lib hisoblanadimi? Tavsifiga va og'irlik darajasiga ko'ra mazkur jarohat tan jarohatlarini qaysi turiga kiritilishi kerak?

Mikropreparatlar, mulyajlar a'zo va to'qimalar jarohatini tavsiflash. Har bir talaba o'quv mashg'ulotda mavjud makropreparatlar va mulyajlar to'plami bilan tanishadi, so'ngra ulardan birini ashyoviy dalil sifatida ko'rib uni ishchi daftarida vazifalar bo'yicha tavsiflaydi.

Unifikatsiya uchun har bir talaba o'q otar jarohat bo'yicha tayyor sxemasini oladi.

Talaba raqamli ob'ektni va xulosani tavsiflovchi qismi ekspertiza o'tkazish to'g'risidagi qaror ma'lumotlari bilan birga ekspert oldiga qo'yilgan savollar va ularni hal qilish uchu zarur xulosalar oladi.

Talaba xulosa va tekshiriluvchi ob'ektni o'ziga xos tomonlari bilan tanishadi. Mustaqil ravishda qo'yilgan savollarni hisobga olib xulosalarni tuzadi. Xulosani tavsiflovchi qismi bilan tasdiqlangan ma'lumotlarga ega holda savollarga javob beradi. Har bir talaba guruh oldida o'z xulosalarini isbotlari bilan o'qib beradi.


Yüklə 325,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin