Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dorivor o‘simliklar Toshkent nashriyoti 1992-yil. X.X Xalmatov
2. O‘simlikshunoslik Toshkent nashriyoti 2010-yil.
3. www.plants.com
SHOLG’OM O’SIMLIGI TARKIBIDAGI BIOLOGIK FAOL
MODDALARI
S.А.Mamatqulova. Kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
S.M.Xoshimova. Magistrant
N.A.Xasanboeva. O’qituvchi
O’simliklarning kimyoviy tarkibi murakkab va turlicha bo’ladi. Ular tarkibida
uglevod, oqsil va moylardan tashqari, inson organizmi uchun foydali va muhim
ahamiyatga ega bo’lgan vitaminlar, fermentlar, organik kislotalar, fenollar va
ularning xosilalari, efir moyi, turli glikozidlar, alkaloidlar, oshlovchi moddalar,
minerallar kabi biologik faol moddalar mavjud. Bu moddalar hayot faoliyatimizda
juda muhim jarayonlarning borishida ishtirok etadi.Biologik faol moddalar
o’simliklar hujayrasida to’xtovsiz ravishda biokimyoviy o’zgarishlar yuz berib
turishi natijasida yuzaga keladi. Ular ma’lum vaqt va sharoitda turli o’zgarishlarga
uchraydi. Buning natijasida ular boshqa birikmalarga aylanadi, murakkab
molekulali moddalar sintezida ishtirok etadi yoki o’zidan energiya chiqarib, oddiy
birikmalarga parchalanib ketadi. Bunday birikmalar yengil hazm bo’ladi, yurak-
qon tomirlari, asab sistemasi, me’da–ichak yo’li, jigar, buyrak, nafas yo’llari,
modda almashinuvining buzilishi va boshqa kasalliklarning oldini olish hamda
353
davolashda keng qo’llaniladi. Biologik faol moddalar hayot uchun zarur
birikmalardir. Ularning asosiy manbai o’simliklar hisoblanadi. Biologik faol
moddalarning inson organizmiga ta’siri turlicha. Ular yosh bolalarning to’g’ri
o’sishi va rivojlanishi hamda keksalarning organizmida borayotgan moddalar
almashinuvi jarayonining faoliyatini kuchaytirish uchun foydali va ahamiyatlidir.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan birikmalarning barchasi inson hayotida ma’lum
ahamiyat kasb etadi. Bu birikmalar inson organizmiga faqat ovqat tarkibida kiradi.
Ovqat tarkibida ushbu birikmalarning yetarli bo’lmasligi yoki butunlay bo’lmasligi
turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
100 gramm sholg’omning kaloriyasi 30 kkalga teng. Uning tarkibida
karotin, A, B
1
, B
2
, B
5
, B
6
, B
9
(foli kislotasi) kabi ko’pgina vitaminlar guruhi, K, C
va PP singari kletchatkalar hamda kaliy tuzi, magniy, kaltsiy, fosfor, temir,
oltingugurt, mis, natriy, marganets va yod moddasi mavjud.Sholg’om tarkibi
mikroelementlar, uglevod va vitaminlarga juda boy. Ushbu sabzavotda juda kam
uchraydigan glyukorafanin moddasi mavjud. U diabet va saratonni davolashga
yordam beradi. Uning tarkibida rediskaga nisbatan fosfor ko’p. Karamga nisbatan
esa C vitamini bisyorligi bilan alohida ajralib turadi.
Sholg'om tarkibida K, Mg, Fe, S, Na kam miqdorda Mn, J
2
, va saratonga
qarshi bo'lgan element sulforafanin mavjud.Undan tashqari sholg'om bilan
gipovitaminoz va avitaminoz profilaktikasini o'tkazish mumkin.Sholg’omdagi
kaliy va natriy tuzlari qon bosimini muvozanatlaydi, organizmda ko’paygan
suyuqliklarni chiqaradi. Kaliy yetishmasligi mushak tonusi susayishi va shish
holatiga kerltiradi. Kalsiy organizmni to’la qonli o’sishi va rivojlanishiga kerak, u
ta’sirida qon normal iviydi va nerv xujayralari to’g’ri ishlaydi. Kalsiy
yetishmasligi raxitga, tishlar buzilishiga, paylarda og’riqga keltiradi. Sholg’omda
katta miqdorda temir tuzlari bor, uning yetishmasligi temirdefizit kasallarini
qo’zg’aydi. Sholg’omning ayrim navlari eng achchiqdir. Uning tarkibida natriy,
kaliy, magniy, kalsiy, temir,fosfor va yod bu ta’mga sababchidir. Shuningdek,
tarkibidagi lizotsim tufayli sholg'om xalq tabobatida antibiotik sifatida qo'llaniladi.
Bu esa sholg'omning teri kasalliklariga ham shifo ekanidan dalolatdir.Sholg'om
past kaloriyali bo'lishiga qaramay, vitaminlarga boyligi bilan juda foydali.
1.Saratonga qarshi. O'z tarkibida sholg'om fitonutreinlar,indallar mavjud. Ular
jigardan taksinlarni chiqarishda qonga tushgan konseregentlar bilan kurashadi va
saratonni o'sishini susaytiradi. Xom sholg'omni o'z ratsioniga qo'shganda o'pka,
yo'g'on va to'g'ri ichakdagi shishlarni yo'qotishda profilaktika hisoblanadi.
2.Suyaklarga foydasi. Sholg'om K, Ca manbai hisoblanadiki ,ular suyak o'sishi
balansiga katta ta'sir ko'rsatadi.Har kunlik sholg'omni iste'mol qilish bo'g'inlardagi
kasalliklarga,tuzlarga yordam beradi. Revmatoidli artridni va osteoporozni oldini
oladi.
|