xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF)
aholining keng qatlamlarini
xususiylashtirish
jarayoniga
jalb
etish
maqsadida
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18-iyundagi 220-sonli
qarori bilan tasdiqlangan «Xususiylashtirish investitsiya fondlari
to`g`risidagi Nizom»ga asosan tuzilgan edi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25-
sentabrdagi 410-sonli qarori bilan XIFlar tomonidan kimoshdi savdolari
orqali sotish uchun taqdim etiladigan 200 ta ochiq aksiyadorlik
jamiyatlarining ro`y-xati tasdiqlanib, ushbu xususiylashtirilayotgan
korxonalar aksiyalarini xarid qilish uchun to`lovni kechiktirish yo`li bilan
Davlat mulk qo`mitasi tomonidan 5 yil muddatga maxsus davlat krediti
ajratilib, kredit berish shartlariga ko`ra, XIFlar xarid qilinadigan aksiyalar
umumiy qiy-matining 30 foizini o`z mablag`lari hisobidan to`lashligi,
aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi esa, kredit hisobidan sotib
olinishi nazarda tutiladi.
Nazarimizda bunday tarzdagi kreditlarni qaytarish muddatlari
tugagandan so`ng yoki xususiylashtirish bilan bog`liq davlat vazifalarining
o`zgarishi bu turdagi investision fondlarning shaklan va mazmunan
o`zgarishiga olib kelishi tabiiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti ri-vojlangan
mamlakatlarda investitsiya va xususiylashti-rish fondlariga o`xshash
tashkilotlar
moliyaviy
jihatdan
barqaror
sanaladi,
chunki
ular
1
Миркин Я.М. Ценные бумаги и фондовий ринок., М.:Пресректива-1995 г.,368 б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
mablag`larining
turli
kor-xonalarga
sarflanishi
qonuniy
tartibda
taminlanadi
1
, faoliyatining cheklanishi esa, XIFlarga tijorat xusu-siyatidagi
faoliyat bilan shug`ullanishga yo`l qo`ymaydi
2
.
Respublikamiz qonun hujjatlarida shu narsa ko`zda tutilganki, agar
XIF bankrot bo`lsa yoki boshqa sabablarga ko`ra tugatilsa, uning aktivlari
tugatish komissiyasi tomonidan ochiq kimoshdi savdosi shaklida
tarqatiladi. Unda xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini har
qanday shaxs savdoda xarid qilish huquqiga ega bo`lib, ishtirok etish
imkoniyati taminlanadi.
XIFlar tashkiliy-huquqiy shakli ochiq aksiyadorlik jamiyati bo`lib,
investitsiya fondining turi sifatida yopiq turdagi investitsiya fondi
hisoblanadi. Investitsiya fond-larining ochiq yoki yopiq turlarga
bo`linishining asosiy mezoni shuki, buni fond chiqargan aksiyalarni
aksiyador-lardan qayta sotib olish imkoniyati mavjud yoki mavjud
emasligi belgilaydi. Investitsiya fondlari fond aksiyalari talabiga ko`ra, o`z
aksiyalarini qayta sotib olish huquqiga ega bo`lsa, XIFlar o`z aksiyalarini
aksiyadorlardan qayta sotib olish huquqiga ega emaslar.
XIF kamida ikkita, ko`pi bilan yigirmata muassisga ega bo`lishlari
mumkin, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, ustav
fondida davlatning ulushi 25 foizdan kam bo`lgan korxonalar XIFning
muassislari bo`lishlari, XIFning ustav fondi faqat pul mablag`lari kiritish
hisobiga shakllantirilishi, bunda muassislar ustav fondi qiymatining 100
foizini davlat ro`yxatiga olingan kundan boshlab 30 kundan
kechiktirilmagan muddatda to`lashi shartligi uning o`ziga xos xususiyatlari
sifatida sanalishi mumkin.
XIFlar aksiyalarining birlamchi joylashtirilishida aksiyalar fond
do`konlari va boshqa savdo shaxobchalari orqali nominal qiymat bo`yicha
sotiladi.
Xususiylashtirish investitsiya fondlari va investitsiya fondlarining
faoliyat ko`rsatish xususiyatlarini quyidagi tablisa orqali tushuntirish bir
muncha qulaylik tug`diradi.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг 25.09.98 йилдaги 410-сoнли қaрoрининг 3-илoвaси,
«Хусусийлaштириш инвeститсия фoндлaри тўғрисидa Низoм»нинг 5 бaнди 2-xaт бoшигa aсoсaн, ХИФлaр
aлoҳидa oлингaн биттa eтитeнтнинг қиммaтли қoғoзлaригa ўзининг умумий сaрмoясининг 10 фoиздaн oртиқчa
қисмини ѐьнaлтиришгa ҳaқли eмaс.
2
Юқoридa кeлтирилгaн Низoмнинг 3 бaндигa aсoсaн, ХИФлaр фaқaтгинa қиммaтли қoғoзлaр билaн фaoлият
oлиб бoриши бeлгилaб қўйилгaн бўлиб, бу ўз нaвбaтидa мaxсус руxсaтнoмa aсoсидa фaoлият кўрсaтиш сирaсигa
кирaди вa тижoрaт тaвaккaлчилигинa минимaл дaрaжaгa кeлтириш имкoнини ярaтaди.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|