chiqarish guruhlarini tashkil etishga doir malumotlarni berishlari shart
1
.
Mamuriy organlarning talabi bilan yoki talabisiz taqdim etilishi
lozim bo`lgan malumotlar ro`yxati yuqoridagilar bilan chegaralanmasdan,
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash
davlat qo`mitasi talabi bilan javobgar shaxslar boshqa malumotlarni ham
taqdim etishlari lozim. Shu o`rinda quyidagilarga alohida etibor berish
zarurki, monopoliyaga qarshi organlar tomonidan talab qilinadigan
hujjatlar faqat monopoliya faoliyatini amalga oshirish yoki monopoliya
faoliyatini amalga oshirish ehtimoli mavjudligi bilan bog`liq masalalarga
tegishli bo`ladi, bunday masalalarga tegishli bo`lmagan hujjatlarni ushbu
organlar talab qilishi mumkin emas. Aks holda hokimiyat vakolatlarini
ochiqchasiga suiistemol qilish sifatida aybdor shaxslarni jinoiy
javobgarlikka tortish lozim bo`ladi.
Amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda masul shaxsning
mustaqil ravishda yoki monopoliyaga qarshi kurashuvchi organning talabi
bilan taqdim etishi lozim bo`lgan hujjatlarni monopoliyaga qarshi
kurashuvchi organlarga taqdim etmasligi
malumotlarni taqdim etmaslik
deb tan olinishi
lozim.
Malumotlarni taqdim etmaslik
monopoliyaga qarshi faoliyatni
amalga oshirishga vakolatli organga berishdan bosh tortishda yoki turli xil
bahonalar bilan belgilangan muddatda topshirmaslikda namoyon bo`lishi
mumkin. Malumotlarni taqdim etmaslik, shuningdek, yuklatilgan
majburiyatlarga masuliyatsizlarcha munosabatda bo`lish yoki esdan
chiqarib yuborishda ham namoyon bo`lishi mumkin.
Davlat monopoliyaga qarshi organiga malumotlarni taqdim etmaslik
formal tarkibli jinoyat hisoblanadi, yani muayyan bir oqibat kelib
chiqishidan qati nazar, majburiyat yuklatilgan shaxs ushbu malumotlarni
taqdim etishi lozim bo`lgan vaqtdan boshlab
Dostları ilə paylaş: