Xo`jalik sudi hisobotni ko`rib chiqib, tugatishga doir ish yuritish
tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisi
zimmasiga bu ajrimni yuridik shaxsni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi
organga o`n kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi.
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi
to`g`risidagi yozuv ajrim taqdim etilgan kundan etiboran uch kundan
kechiktirmay kiritiladi. Bu paytdan boshlab, tugatish boshqaruvchisining
vakolatlari tugatilgan, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarz-dor
esa tugatilgan hisoblanadi.
Xo`jalik sudi tomonidan bankrotlik to`g`risidagi ishni ko`rib
chiqishning har qanday bosqichida qarzdor va kreditorlar kelishuv bitimi
tuzishga haqlidirlar. Kelishuv bitimini tuzish to`g`risidagi qarorni qabul
qilish, uni tuzish tartibi, shakli va mazmuni, o`ziga xos xususiyatlari,
haqiqiy emasligi va oqibatlari qonunda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Kelishuv bitimi xo`jalik sudi tomonidan tasdiq-lanishi kerak, bu
haqda bankrotlik to`g`risidagi ish yuri-tishni tugatish to`g`risidagi ajrimda
ko`rsatib o`tiladi.
Tashqi boshqaruv jarayonida xo`jalik sudi tomonidan kelishuv
bitimining tasdiqlanishi kreditorlar talab-larining qondirilishiga joriy
etilgan moratoriy hamda bankrotlik to`g`risida ish yuritishning tugatilishi
uchun asos bo`ladi. Agar kelishuv bitimi xo`jalik sudi tomonidan
tugatishga doir ish yuritish davrida tasdiqlangan bo`lsa, xo`jalik sudining
qarzdorni bankrot deb topish va tuga-tishga doir ish yuritishni boshlash
to`g`risidagi qarori ijro etilmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: