Nazorat savollari: 1.
Bankrotlikning alomatlari qanday?
2.
Sudgacha sanatsiyaga qanday chora-tadbirlar kiradi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
3.
Bankrot deb topish to`g`risidagi arizaga qo`yiladigan talablarni
aytib bering.
4.
Bankrotlik to`g`risidagi ishlarning sudda ko`rilish tartibini
tushuntirib bering.
5.
qarzdor va kreditorning kelishuv bitimi qanday tartibda
tuziladi?
8-BOB. RAQOBATNING HUQUQIY TA'MINLANISHI 1-§. Insofli va insofsiz raqobat tushunchalari hamda ularning shakllari Tadbirkorlik faoliyatini raqobatsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Shuning
uchun ham u iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy omillardan bo`lib
hisoblanadi. Raqobat inson faoliyatining deyarli barcha turlarida uchraydi.
Raqobatda raqobatlashayotgan taraflar yagona maqsad uchun o`zaro
musobaqalashadi. Bunda xo`jalik yurituvchi subyektlar tovar (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotishda bir-biridan yaxshi sharoitlarni
yaratib, mumkin qadar ko`proq foyda olishga intilishadi. Raqobat muhiti
mavjud bo`lgan iqtisodiyotda xo`jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati
erkin bo`ladi, yani istalgan tovar(ish,xizmat)lar bozorida faoliyat
ko`rsatishlari va ulardan o`z xohishlari bo`yicha chiqib ketishlari mumkin.
Raqobat rivojlangan sari odam-larning turmush darajasi yaxshilanib
boradi. Raqobatni yo`q qilinishi esa iqtisodiyotni inqirozga hamda
odamlarning turmush darajasini tushib ketishiga olib keladi. Chunki
faqatgina raqobat vositasida narxi arzon va sifati yuqori bo`lgan
tovar(ish,xizmat)lar ishlab chiqiladi hamda realizasiya qilinadi.
Raqobat – bu xo`jalik yurituvchi subyektlarning o`zaro
musobaqalashuvi bo`lib, bunda ular o`zlarining mustaqil harakatlari bilan
bozorda tovarlar aylanishining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama
tasir etish imkoniyatiga ega bo`lmaydilar. Iqtisodiyotda raqobatni
taminlash
bilan
bog`liq
huquqiy
munosabatlar
O`zbekiston
Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi «Tovar bozorlarida monopolistik
faoliyatni cheklash va raqobat to`g`risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Raqobat sharoitida xo`jalik yurituvchi subyektlar tovar bozoriga boshqa
xo`jalik
yurituvchi
subyektlarning
kirib
kelishiga
to`sqinlik
ko`rsatishmaydi. Agarda xo`jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovar
bozoriga boshqa xo`jalik yurituvchi subyektni kirib kelinishiga to`sqinlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilinsa, mazkur bozorda insofsiz raqobat yoki monopolistik faoliyat
mavjud bo`ladi. Aynan insofsiz raqobat va monopolistik faoliyat raqobatga
zid faoliyatlar bo`lib hisoblanadi.