Xo`jalik huquqi ham Respublikamizdagi huquq sohalaridan biri
bo`lib, mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga bosqichma-
bosqich o`tib
borishida, davlat va jamiyat, xo`jalik manfaatlarini hisobga
olgan holda, xo`jalik subyektlari o`rtasidagi yuqoridan quyi (vertikal) va
yon atrofdagi subyektlarga gorizontal) bo`ladigan xo`jalik munosabatlarni
tartibga
soluvchi, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish
chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig`indisidan iboratdir.
Ana shu yuqorida berilgan tariflarga ko`ra, bu fuqarolik huquqi
qoidalari aksariyat mulkiy munosabatlarni
tartibga solib tursa, Xo`jalik
huquqi qoidalari ham mulkiy munosabatlarga taalluqli.
Lekin
fuqarolik
huquqida
munosabatlar
shu
munosabat
ishtirokchilarining o`zaro teng va ixtiyoriyligi asosida kelib chiqsa,
Xo`jalik huquqida subyektlar teng huquqli bo`lishi bilan birga idora etish,
davlatning iqtisodga rahbarlik qilishiga asoslangan munosabatlarni ham
tartibga solishga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: