Qo`shma korxona zahira fondlaridan tashqari boshqa fondlar tuzish
huquqiga ham ega, bundan tashqari harajat qilish tartibini qo`shma
korxona tasischilari o`zlari belgilaydilar.
Chet el investisiyalari ishtirokidagi qo`shma korxonalar mustaqil
ravishda yoki O`zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan
tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Qo`shma korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda
ishdan bo`shatilgan xodimlarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi
kafolatlanadi.
Xo`jalik huquqi subyektlari vakolatlariga ko`ra ham quyidagi
turlarga:
1) faqat xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar (fermer
xo`jaliklari, xususiy korxonalar va boshqalar);
2) boshqaruvni amalga oshiruvchi subyektlar (hokimiyat, vazirliklar,
davlat organlari);
3) har ikkalasini qo`shib olib boruvchi subyektlar (konsern,
korporasiya)ga bo`lish mumkin.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarni faoliyat maqsadiga (turiga) qarab
ikki turga:
1) tijoratchi tashkilot ;
2) tijoratchi bo`lmagan tashkilotga bo`lish mumkin.
Tijoratchi tashkilot bu foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi
qilib qo`ygan subyekt bo`lib, (xususiy korxonalar, xo`jalik jamiyatlari)
tijoratchi tashkilotlarning huquqiy holatlari O`zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan.
Tijoratchi bo`lmagan xo`jalik yurituvchi subyektlar o`z oldiga muayyan
maqsadni ko`zlagan holda harakat qilib, foyda ko`rishni ko`zlamaydi.
Dostları ilə paylaş: