Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Qishloq xo‘jaligida infratuzilma faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo‘llari



Yüklə 255,5 Kb.
səhifə5/5
tarix08.06.2023
ölçüsü255,5 Kb.
#126795
1   2   3   4   5
QISHLОQ ХO`JАLIGIDА INFRАTUZILMА VА UNI RIVОJLАNTIRISH YO`LLАRI.

Qishloq xo‘jaligida infratuzilma faoliyatining iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo‘llari
Qishloq xo’jaligini barqarorlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi va bunda qishloq xo’jaligini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish ustivor yo’nalishlardan biridir. Qishloq xo’jaligini va sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlarini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, jahon talablari va standartlariga javob beradigan zamonaviy yuqori unumli qishloq xo’jaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xo’jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo yetakchi xorijiy kompaniyalarning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012 — 2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to’g’risida» 2012 yil 21 maydagi PQ–1758-son qarori qabul qilingan. Ushbu qaror yuzasida Vazirlar Mahkkamasining 2012 yil 14 iyulda
215-sonli “2012-2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori tasdiqlandi. Ushbu dastur doirasida:
2012 — 2016 yillarda mamlakatimizda qishloq xo’jaligi texnikasini ishlab chiqarish va uning asosiy turlarini yangilash;
2012 — 2016 yillarda qishloq xo’jaligi va melioratsiya texnikasi, transport vositalari va qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash bo’yicha texnologik asbob-uskunalarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
Vazirlar Mahkamasining mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi, qishloq xo’jaligi mashinasozligi korxonalari manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda tijorat banklari bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlari o’z vaqtida ro’yobga chiqarilishini, shu jumladan loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi va ekspertizadan o’tkazilishini, qurilish-montaj ishlari bajarilishini hamda quvvatlar foydalanishga topshirilishini ta’minlash;
2012 — 2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturini amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish va masalalarni tezkor hal etish bo’yicha idoralararo komissiya tashkil etish kabi vazifalar belgilandi va amalga oshirildi.
Shuningdek, qishloq xo’jaligining mashinasozlik korxonalari faoliyatini boshqarishni yanada takomillashtirish, ularning samaradorligi va rentabelligini oshirish, sohada ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy, unumdorligi yuqori, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh texnika va uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yagona texnika siyosatini amalga oshirish maqsadida 2014 yil 15 may,PQ-2176-sonli “Qishloq xo’jaligining mashinasozlik korxonalarini boshqarishni yanada takomillashtirish va moliyaviy sog’lomlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilingan. Ushbu qarorlar mamlakatimizda zamonaviy, unumdorligi yuqori, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh qishloq xo’jaligi texnika va uskunalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga Toshkent shahrida muntazam ravishda «O’zekspomarkaz»da agrosanoat kompleksi uchun minitexnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning “Uzbekistan Agrominitech Expo” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko’rgazma-savdosi hamda qishloq xo’jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan Agrotechmash Expo” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko’rgazmasi o’tkazilib kelinmoqda.
“Uzbekistan Agrominitech Expo” va “Uzbekistan Agrotechmash Expo” xalqaro ko’rgazmalarining yuqori saviyada uyushqoqlik bilan tashkil etilgani ham qishloq xo’jaligini texnik va texnologik qayta jihozlash hamda iqtisodiyotimiz agrosanoat sektorini yanada rivojlantirish muhimligidan dalolat beradi. 2014 yilgi ko’rgazmalar yakunlari bo’yicha mamlakatimiz tadbirkorlari va xorijiy kompaniyalar o’rtasida minitexnologiyalar, ixcham uskunalar va qishloq xo’jaligi texnikasini xarid qilish uchun umumiy qiymati 145 milliard so’mdan ziyod 1180 shartnoma va ahdlashuv protokollari imzolandi.
2015 yil may oyida o’tkazilgan “Uzbekistan Agrominitech Expo – 2015” ko’rgazma-savdosida Xitoy, Janubiy Koreya, Frantsiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Avstriya, Bolgariya, Belarus, Niderlandiya, Eron, Rossiya, Turkiya kabi dunyoning 24 davlatidan 195 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etdi.
Unda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga mo’ljallangan ixcham liniyalar, qadoqlash minitexnologiyalari, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va bog’dorchilik uskunalari, ozuqa tayyorlash, bog’dorchilik va uzumchilik sohasi uchun minitexnika hamda uskunalar, o’simliklarni himoya qiladigan kimyoviy moddalar, issiqxona xo’jaliklarini tashkil etish bo’yicha keng turdagi mahsulot va xizmatlar namoyish etildi.
Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga sarflangan sarmoya ushbu sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yo’naltirilishi lozim. Qishloq infratuzilmasi tarmog’i faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholash usuli moddiy ishlab chiqarish sohalarida hisoblanadigani kabi bo’lishi va shu bilan birga muomala jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi lozim.
Qishloq xo’jaligi infratuzilmasining sifat va miqdoriy jihatlarini aniqlovchi omillarning uchta asosiy shakllari mavjud:

  • vaqtning qisqarishi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi;

  • ishlab chiqarish samaradorligining oshishi hisobiga muomala vaqtining qisqarishi;

  • tovar harakatiga ketadigan ijtimoiy xarajatlarning kamayishi .

Qishloq xo’jaligi infrtuzilma ob’ektlarini moliyalashtirishdan olinadigan samaradorlikni uch turga bo’lish mumkin, ya’ni bevosita, bilvosita va “ko’rinmas” samaradorlikdir. Bevosita samaradorlikka kiritilgan investitsiyalar natijasida realizatsiya qilingan tovar va xizmatlardan tushgan daromadlardir. Bilvosita samaradorlik – qiymat shaklida ifodalangan, bevosita daromadlarga kirmaydigan investitsiyalar samarasini belgilaydi. “Ko’rinmas” samaradorlik qiymat shakliga ega emas, ammo investitsiyalarning amalga oshishi natijasida vujudga kelgan samaradir. Infratuzilma ob’ektlarini tashkil etish bilan bog’liq xarajatlarni aniqlashda har bir hududning o’ziga xos bo’lgan jihatlarni e’tiborga olish lozim.
Hozirgi kunda infratuzilma tarmog’ining rivojlanish samaradorligini baholashda turlicha yondoshuvlar mavjud. Ayrim iqtisodchilar infratuzilma tarmog’ining ish hajmi bo’yicha baholashni taklif etsalar,22 boshqalar olgan daromadi va yana ayrim iqtisodchilar ta’minlangalik darajasi bo’yicha23, M.Oripov o’z tadqiqot ishida infratuzilma samaradorligini belgilashda infratuzilma xizmatlari ko’rsatish hajmini yalpi ishlab chiqarilgan yoki sotilgan yalpi tovar mahsuloti hajmining o’sish nisbatlar bilan ifodalashni, shuningdek, infratuzilmaning rivojlanish darajasini barcha omillar doimiy (const) bo’lganda yalpi mahsulot ishlab chiqarish (yoki mahsulot sotuvi) hamda ko’rsatilgan infratuzilma xizmatlarining hajmining indeksi orqali baholashni taklif etgan24.
B.T.Salimov va N.I. O’raqov: “Ishlab chiqarish infratuzilmasi iqtisodiy samaradorligining asosiy ko’rsatkichi ob’ektlar ishlab chiqarishi xarajatlarining o’z-o’zini qoplashi hisoblanadi,” – deb ta’kidlaydilar va ushbu ko’rsatkichni quyidagi formula orqali hisoblashni taklif etadilar:
Ki=K yoki B Mi
Bu yerda: 𝐾𝑖 – ishlab chiqarish infratuzilmasiga ketgan xarajatlarning o’z-o’zini qoplashi;
𝐾 𝑦𝑜𝑘𝑖 𝐵 – qishloq xo’jaligi mahsulotining qiymati;
𝑀𝑖 – ishlab chiqarish infratuzilmasining ishlab chiqarishga ketgan moddiy xarajatlari.
Bir qator MDH iqtisodchi olimlar fikriga ko’ra, infratuzilma tarmog’ining samaradorligi ushbu tarmoq xizmatidan foydalanuvchilar sohalarida shakllanadi, odatda ishlab chiqarishdagi nobudgarchilikni va xarajatlarni kaamaytirish shaklida namoyon bo’ladi_. Shu bilan birga ular tizim ichidagi va tizimdan tashqari samaraga ajratishgan. Tizim ichidagi iqtisodiy samaradorlik deganda ular yangi tashkil etilgan infratuzilma tarmog’idagi qiymatlar yig’indisini tushunishgan. Tizimdan tashqari samara esa – xizmat ko’rsatilayotgan tarmoqlarda nobudgarchilikni oldini olish yoki iqtisod qilingan xarajatlar yig’indisi.
В.P.Staxanov o’z tadqiqotlarida infratuzilma tarmog’ining umumiy iqtisodiy samaradorligini infratuzilma tizimi ichidagi va tashqaridagi samaradorlik yig’indisining infratuzilma faoliyati sifatining pastligi natijasida ko’rilgan zarar va xarajatlar yig’indisiga nisbati bilan aniqlashni taklif etgan25.
Xulosa

Ushbu hisoblash uslubi qishloq infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishni baholash uchun amaliy instrument bo’lib xizmat qila olmaydi, balki boshqa amaliy hisoblash uslubini shakllantirishda model yoki asos qilib olinishi mumkin. Ushbu hisoblash uslubining murakkabligi tizimdan tashqari samara va xizmat sifatining pastligi natijasida ko’rilgan zararni baholashdan iboratdir. Infratuzilma xizmatlar umum takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, YaIMdan samara va xarajatlar bo’yicha alohida ayirib olish ancha murakkab.


Qishloq infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishning samaradorligini baholashda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim:

  • qishloq infratuzilmasi va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish maqsadida kiritiladigan sarmoyalarning o’zaro mutanosib taqsimlanganligi;

  • qishloq infratuzilmasi ob’ektlarini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari;

  • infratuzilma ob’ektlari yetarli darajada rivojlanmagan taqdirda mavjud va kutilayotgan xarajatlarning manbalari va miqyosiga.

  • Shularni inobatga olgan holda, infratuzilmaning mavjud va innovatsion rivojlanishi lozim bo’lgan darajasi aniqlanadi.

  • Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda qishloq infratuzilmasini innovatsion rivojlantirishni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • ushbu ko’rsatkichlar va mezonlar qishloq infratuzilma tarmog’i bajaridigan vazifalarni to’liq aks ettirish lozim;

  • ko’rsatkichlar tizimi tarmoqqa innovatsion ishlanmalar, transfer texnologiyalar va boshqalar joriy etish jarayonini aniq ko’rsatib berishi kerak;

  • baholash ko’rsatkichlari va mezonlari infratuzilmani innovatsion rivojlantirish natijasida uning pirovard mahsulotiga ta’sirini aks ettirishi lozim;

  • ushbu mezonlar infratuzilmaning har bir sub’ektining uning faoliyatining yakuniy natijasiga qo’shgan hissasini aniq ajratishi va baholashi lozim, ya’ni har bir kichik bo’linma o’z vazifasining bajarilishi uchun javobgar bo’lishi kerak;

  • baholash ko’rsatkichlari infratuzilma bajaradigan vazifalar va xizmatlarini samarali va sifatli bajarishini rag’batlantirishi lozim.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekistоn Respublikasi qоnunlari 1. O‘zbekistоn Respublikasining yangi tahrirdagi 2004-yil 26-avgutsdagi «Fermer хo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qоnuni// Хalq so‘zi. 15.10.2004.
2. O‘zbekistоn Respublikasining 2000-yil 25-maydagi «Tadbirkоrlik faоliyati erkinligining kafоlatlari to‘g‘risida»gi Qоnuni, «O‘zbekistоn Respublikasi banklari tоmоnidan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qоnunchilik hujjatlari to‘plami». T.: O‘zbekistоn, 2002.
3. O‘zbekistоn Respublikasining «Qishlоq хo‘jaligi kоrхоnalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida»gi qоnuni. O‘zbekistоn Respublikasi tadbirkоrlik to‘g‘risidagi qоnun hujjatlari // Iqtisоdiyot va huquq dunyosi. T., №2. 1999.
4. O‘zbekistоn Respublikasining «Yer Kоdeksi». O‘zbekistоn Respublikasi «Yer kоdeksi» va qishlоq хo‘jaligiga оid qоnunlari. T.: Adоlat, 1999.
5. O‘zbekistоn Respublikasining «Chet el invesitsiyalari to‘g‘risida»gi qоnuni. O‘zbekistоn Respublikasi tadbirkоrlik to‘g‘risidagi qоnun hujjatlari // Iqtisоdiyot va huquq dunyosi. T., №1. 1999.
Yüklə 255,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin