159
larni qaytarish muddati aktivlarni qaytarish muddatiga mos kelishi ke-
rak.
Aktivlar va majburiyatlarni qaytarish muddatlarining mos
kelmasligi likvidlik xatarining asosiy manbayi hisoblanadi.
Bankning likvidlilik pozitsiyasi birinchi navbatda, uning resurslar
bazasining barqarorligiga bog‘liq.
Turli vositalar orqali resurslarni jalb qilishning barqarorligini
aniqlashda birinchi galda resurslarning manbalarini ko‘rib chiqish kerak.
Turli passiv toifalar darajalarining barqarorligiga bog‘liq holda ba’zi
umumlashtirishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligiga qaramasdan (har qan-
day vaqtda ancha yuqori stavkalarga intilib, bankdan chiqib ketishi
mumkin bo‘lgan yirik depozit sertifikatlariga nisbatan jamg‘arma hisob-
varaqlari ancha ishonchlidir, joriy depozitlarga nisbatan uzoq muddatli
depozitlar ancha barqarordir) resurs manbayi turi muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi. Masalan, uzoq muddatli kredit olgan bank aksiyadorlari yoki
qarz oluvchilariga tegishli bo‘lgan yirik depozitlar odatda raqiblarning
biroz yuqori foiz stavkalari bo‘yicha takliflardan so‘ng bankdan chiqib
ketish tendensiyasiga ega bo‘lmaydi.
Aktivlarni sotish bilan bir qatorda naqd pulning tezda ortishiga
ehtiyoj sezgan bank kreditlar uchun banklararo bozorga murojaat qilishi
mumkin. Bankning ushbu bozordan kredit olish imkoniyatlari bir nechta
omillar bilan birgalikda bankning moliyaviy holatiga, kapitalning
yetarliligiga, bozorning fikrini bilgan holda yuqori likvidli garovning
mavjudligiga, bozorning likvidligiga va umumiy makroiqtisodiy ahvolga
bog‘liqdir.
Banklararo kreditlar bozori resurslarning muhim va yirik manbayi
hisoblanadi. Ushbu bozorda operatsiyalar quyidagi muammolarni hal
etishi uchun xizmat qilishi mumkin:
tijorat banklari vakillik hisobvaraqlaridagi zaxiralarning taqchil-
ligini qoplash va uni talab darajasiga yetkazish;
mo‘ljallanayotgan uzoq muddatli kreditlash ehtiyoji vujudga
kelguncha yoki yirik depozitni qaytarish talabi bildirilguncha resurslarni
samarali joylashtirish (shu jumladan kamida bir kunlik muddatga) uchun
Dostları ilə paylaş: