7. Depozit – bu banklarda saqlash uchun topshirilgan: a) pul mablag‘laridir; b) qimmatli qog‘ozlardir; c) pul badallaridir; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 8. Depozitlar – bu: a) bank va omonat kassalarga qo‘yilgan omonatlar; b) bojxona muassasalariga boj va bojxona yig‘imlari tarzidagi to‘lovlar uchun oldindan berilgan badallar; c) sud va ma’muriy muassasalarga da’voni va sudga kelishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan pul badallari;
286
d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 9. Yuridik va jismoniy shaxslarning shartnomada qat’iy kelishilgan muddat va unda ko‘rsatilgan foizlarni to‘lashga doir mablag‘lar: a) talab qilib olinguncha depozitlardir; b) jamg‘arma depozitlardir; c) muddatli depozitlardir; d) jamg‘arma (depozit) sertifikatdir. 10. Quyida qayd qilingan depozit turlarining qaysi biri bankning eng arzon resurslaridan hisoblanadi: a) talab qilib olinguncha depozitlar; b) jamg‘arma depozitlar; c) muddatli depozitlar; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 11. Depozit multiplakatori – bu: a) depozitlarni boshqaga o‘tkazish haqidagi o‘tkazma xat; b) bankka qo‘yilgan mablag‘larning har bir pul birligidan ko‘riladigan umumiy daromad hajmining o‘zgarishini tavsiflovchi ko‘rsatkich; c) kredit muassasasining omonatchisiga depozitni olish huquqini tasdiqlovchi, pul mablag‘lari deponent qilinganligi haqidagi yozma guvohnoma; d) noto‘g‘ri javob yo‘q.