57
minlanadi. Markaziy bank yo‘q qilib yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki,
yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan banknotlar va tangalarning o‘rnini
qoplamaydi.
Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini,
shuningdek, ularning dizaynini Oliy Majlisning Kengashi bilan kelish-
gan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalar dizayni Markaziy bankning
mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va
tangalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek,
ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga ko‘ra bir nomi-
nal qiymatdagi banknot va tangalarni boshqasiga hech qanday to‘lovsiz
yoki vositachilik haqisiz almashtirib beradi. Muomaladagi pul belgi-
laridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar xususida mazkur Qonunning
35-moddasida quyidagicha yozilgan:
«Markaziy bank muomalaga chiqargan banknot va tangalar O‘zbekis-
ton Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlariga yozil-
gan qiymati bo‘yicha qabul qilinish, shuningdek, hisobvaraq, omonatga
o‘tkazish va jo‘natma sifatida o‘tkazish uchun qabul qilinishi majburiydir».
Markaziy bank banknotlar bosilishi va tangalar zarb qilinishi,
muomalaga chiqarilmagan pul belgilari saqlanishini, shuningdek, bosma
qoliplar va bo‘yoqlar saqlanishi hamda yo‘q qilinishini ta’minlaydi,
naqd pullarni saqlash, tashish va inkassa qilish, shuningdek, ularni yo‘q
qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: