68
Mazkur chizma asosida Markaziy bank pul taklifini nazorat qiladi
va kreditlash shartlarini belgilab oladi.
[48]
.
Pul bozori
– bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif
ta’siri ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul
bozorida pul tovarga o‘xshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan
shu xususiyati bilan pul bozori boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi.
Pul bozorida pul nominal foiz normasi birligiga ega bo‘lgan muqobil
likvid vosita bilan almashinadi (2-grafik).
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, taklif chizig‘i (Sm) vertikal to‘g‘ri
chiziq shakliga ega. Buning sababi shundaki, Markaziy bank muoma-
ladagi pul massasini nazorat qiluvchi organ sifatida foiz stavkasining
o‘zgarib turishidan qat’iy nazar pul taklifini o‘zgarmas darajada ushlab
turishga harakat qiladi. Har qanday turdagi bozorga o‘xshab pul bozo-
rida ham talab va taklif chizig‘i bir-biri bilan kesishadi. Grafigimizda bu
kesishish nuqtasi E bilan belgilangan bo‘lib, aholi va firmalar foiz stav-
kasi faqat 6,9 % bo‘lgan taqdirdagina o‘z ixtiyorlarida 150 mln. so‘mlik
pulni saqlab turishlari mumkin.
Foiz stavkasi nisbatan past bo‘lgan hollarda ular o‘z portfellaridagi
pullar miqdorini ko‘paytirishga harakat qiladilar va shu orqali qimmatli
qog‘ozlar bahosini pasaytirishga, foiz stavkasini oshirishga intilib, pul
bozorida pulga bo‘lgan talab va taklif muvozanatiga erishadilar va
aksincha.
Nominal foiz stavkasi %
Dostları ilə paylaş: