76
banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi;
– Markaziy bank banklarni ro‘yxatga oladi va ularga bank operatsiya-
larini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi. Banklarni
ro‘yxatga olish va ularga litsenziyalar berish uchun haq olinadi;
– Markaziy bank banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftarlarini yuritadi.
Banklarning ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi
lozim.
Nazoratni tashkil qilish mamlakatning qonunchilik bazasiga va
xalqaro bank tashkilotlarining tavsiyalariga asoslanadi.
[55]
. –
[27] ga qarang.
[56]
. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonunning 52-moddasida banklar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi
iqtisodiy normativlarni qo‘llash ta’kidlangan:
kapitalning yetarlilik koeffitsiyentini;
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
likvidlik koeffitsiyentlarini;
aktivlarni tavsiflash va baholashga doir talablarni, shuningdek,
bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiriti-
ladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil
etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqish va ularni bank daromad-
lari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;
ochiq valuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida
kamida bir oy oldin e’lon qiladi.
Dostları ilə paylaş: