Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Markaziy bankning moliyaviy ahvoli



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   354
Bank iwi

 
2.6. Markaziy bankning moliyaviy ahvoli 
 
[64]
. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonunning II qismi «Bankning moliyaviy ahvoli» deb atalib, unda 10-14 
moddalar o‘z aksini topgan. 10-moddada «Markaziy bankning ustav 
kapitali» to‘g‘risida quyidagilar yozilgan: 
Markaziy bankning ustav kapitali miqdori 2 milliard so‘mdan 
iborat. Bu miqdor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga 
muvofiq oshiriladi. Markaziy bankning ustav kapitali boshqa shaxslarga 
berilishi mumkin emas.
Bu ustav kapitali Nizom jamg‘armasi deb yuritilib, u faqatgina Mar-
kaziy bankning o‘z faoliyati uchun ishlatilishi mumkin. Markaziy bank 
Nizom jamg‘armasini xorijiy davlat valutasida ham tuzishi mumkin.
Nizom jamg‘armasidan tashqari Markaziy bank turli maqsadlarga 
mo‘ljallangan jamg‘armalar tashkil qiladi, ularni o‘z Nizomiga asosan 
boshqaradi va ulardan foydalanadi. Bu jamg‘armalarning manbayi bo‘lib 
Markaziy bankning olayotgan foydasi hisoblanadi. 
Markaziy bankning 
kredit resurslari
quyidagilardan tashkil topadi: 
Markaziy bank ustavi; 
zaxira va boshqa g‘amlamalar; 
tijorat banklari tomonidan majburiy o‘tkazilgan ajratmalar dan tashqari 
qo‘shimcha ravishda o‘tkazilgan omonatlari; 
boshqa mamlakat banklari va hukumatlarining omonatlari; 
Markaziy bank ustavida ko‘zda tutilgan boshqa mablag‘lar. 
[65]
. Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun: 
ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo‘yicha ehtimoliy 
yo‘qotishlarni qoplash zaxiralari shakllantirilgandan so‘ng; 
umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq amalda bar-
cha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek, aktivlar va pas-
sivlar baholanganidan so‘ng aniqlanadi. 
Markaziy bankning foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik 
hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi. Boshqaruvning qaro-
riga muvofiq aniq maqsadli turli jamg‘armalar va fondlar shakllantirilishi 


85
mumkin. 
Fondlar va majburiy g‘amlamalar belgilangan tartibda to‘ldirilgani-
dan keyin foydaning qolgan qismi respublika budjeti daromadiga yo‘nal-
tiriladi.
Yillik hisobot ko‘rib chiqilmaguncha foydaning respublika budjeti-
ga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Markaziy bankning hisobot davri 1-yanvar – 31-dekabr qilib 
belgilanadi. Yillik hisobot 15-maydan kechiktirilmay, Oliy Majlis ko‘rib 
chiqishi uchun taqdim etiladi (13-modda). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin