135
Aksincha, agar foiz stavkasidagi o‘zgarishni sezuvchi passivlarning
hajmi shu xususiyatga ega bo‘lgan aktivlar hajmidan yuqori bo‘lsa, u
holda
balansda
salbiy tengsizlik
yuzaga keladi:
Masalan, bank foiz stavkasidagi sezuvchi 500 mln. dollar hajmidagi
aktivlar va 400 mln. dollar hajmidagi passivlarga ega bo‘lsa, bankning
aktiv saldosi (qoldig‘i), ya’ni ijobiy tengsizlik 100 mln.
dollarga teng
bo‘ladi. Agar foiz stavkasi ko‘tarilsa, sof foiz marjasi ham ortadi.
Natijada bank daromadi ortadi. Foiz stavkasi miqdori pasayganda, sof
foyda marjasi kamayadi. Ijobiy saldoga ega bo‘lgan bank foiz stavkasi
kamayganda daromadini yo‘qotadi. Foiz stavkasidagi o‘zgarishni se-
zuvchi aktiv va passivlar hajmining teng bo‘lishi, bankning foiz stavka-
si xataridan himoya qiladi. Bunday holda aktivlar bo‘yicha
foiz tushum-
lari va passivlar bo‘yicha foiz chiqimlari teng bo‘lib, balans buzilishi
yuzaga kelmaydi va sof marjasi barqaror, ya’ni mustahkam bo‘ladi.
Hozirgi paytda balans buzilishini boshqarishni bir necha usullaridan
foydalanilmoqda:
bankning sof foyda marjasi ko‘zda
tutilgan darajaga etishini
ta’minlovchi ma’lum bir davrni belgilab olish zarur (masalan, bir yil
yoki olti oy);
sof foiz marjasining qanday maqsadlarga yo‘naltirilishini aniqlab
olish lozim, ya’ni sof foiz marjasi o‘rnatilgan darajada qoladimi, yoki
imkoniyat bo‘lsa, uni ko‘tarish lozimmi,
shu masalani hal qilish kerak;
agar bank rahbariyati sof foiz marjasining ortishini istasa, foiz
stavkasining o‘sishini aniq belgilab olishi yoki daromad va xarajat
orasidagi farqni oshirish maqsadida o‘z aktivlari va passivlarini qayta
taqsimlash yo‘llarini topishi lozim.
Dostları ilə paylaş: