Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Yaxshi ta’minlangan kreditlar –



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   354
Bank iwi

Yaxshi ta’minlangan kreditlar –
qimmatli qog‘ozlar bozorida 
baholanadigan mulk yoki kreditning asosiy summasi va unga doir 
foizlarni to‘liq qoplash imkonini beradigan miqdorda bank depozitlari 
ko‘rinishidagi garov bilan ta’minlangan kreditlar. 
Qisman ta’minlangan kreditlar (aktivlar)
– «yaxshi ta’minlangan 
kreditlar (aktivlar)» mezoniga muvofiq kelmaydigan ta’minotga ega 
kreditlar. Xususan, ularga doir taqdim etilgan garov qiymati kredit 
summasi va unga doir foizlarning 100 foizidan, shuningdek, garovni 
sotishda ko‘zda tutilayotgan xarajatlardan kam (e’lon qilingan garov 
qiymatidan qat’iy nazar) yoki e’lon qilingan qiymat bo‘yicha garovning 
sotilishi shubha tug‘diradigan kreditlar. 


303
Ta’minlanmagan kreditlar (aktivlar)
– biror-bir ta’minotsiz 
berilgan kreditlar. Odatda, bunday kreditlar qarzdorning kuchli 
tushumlari potensiali yoki uning yaxshi kredit tarixi asosida beriladi. 
«Ta’minlanmagan kreditlar»ga garov belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilmagan kreditlar ham kiradi. 
[184].
Jahon amaliyotida bank o‘zini-o‘zi qoplovchi kreditlar asosan 
tovar-moddiy zaxiralar, xomashyo va materiallar hamda sotish uchun 
mo‘ljallangan tayyor mahsulotlarni moliya bilan ta’minlash maqsadida 
olinadi. Bunday kreditning afzalligi shundaki, tadbirkor o‘z faoliyati 
uchun zarur bo‘lgan naqd pulning yetarli miqdori bilan ta’minlanadi. 
Bunda: 
naqd pullar xomashyo va materiallar, chala va tayyor 
mahsulotlarni sotib olish uchun ishlatiladi; 
mahsulotlar asosan sotish uchun tayyorlanadi; 
savdo asosan kredit hisobidan amalga oshiriladi; 
savdo orqali olingan mablag‘ bankdan olingan kreditni qoplashga 
ishlatiladi. 
Aylanma kapitalni to‘ldirish uchun olinadigan kreditlar ham 
vazifasiga ko‘ra, o‘z-o‘zini qoplovchi kreditga o‘xshab, tovar, xom-
ashyo, materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlar zaxirasini to‘ldirish 
uchun uzog‘i bilan bir yil muddatga olinadi. 
Bu kreditning farqi shundaki, u asosan mavsumiy talabni qondirish 
uchun olinadi. 
Masalan, yoz mavsumida kiyiladigan zamonaviy ko‘ylaklar tikish 
uchun kredit talab qilinganda, bank ushbu mijozga 6 oydan 9 oygacha 
muddatga kredit tizimini ochadi va mijoz zarur bo‘lganda ushbu 
tizimdan shu muddat ichida foydalana oladi. Agar mijoz shu davr 
mobaynida kreditning to‘la hajmini yoki kattagina qismini to‘lashga 
erishsa, bank mijozning talabiga ko‘ra, kredit muddatini yana cho‘zishi 
mumkin. Aylanma mablag‘ni qoplash uchun olinadigan kredit firmaning 
debitorlik qarzi yoki tovar-mahsulotlar hisobidan ta’minlanadi va tizim 
doirasida suzib yuruvchi foiz stavkasida foiz o‘rnatiladi. Mijoz bu 
kreditni qoplash uchun o‘zining depozit hisobvarag‘ida olingan kredit-
ning kamida 15-20 foizi miqdorida mablag‘larni saqlashi lozim. Majbu-
riyat uchun komissiya haqi, asosan, kredit tizimining foydalanilmagan 
qismidan olinadi. 
[185].
Ko‘pgina banklar tomonidan beriladigan qurilish uchun 
mo‘ljallangan kredit keng tarqalgan kreditlardan biri bo‘lib, bu kredit 


304
asosan uy, bino, inshoot va ofislar qurish uchun olinadi. Bunday kredit 
ko‘chmas mulk uchun ishlatilishiga qaramasdan, u qisqa muddatga 
beriladi. Kreditni oluvchilar uni ishchilarni yollashga, vaqtinchalik kerak 
bo‘ladigan asbob-uskunalarni ijaraga olish, qurilish materiallari hamda 
bino va inshootlarni qurish uchunyerlarni sotib olishga ishlatadilar. 
Rivojlangan davlatlarda mijoz bankdan olgan kreditni boshqa kreditor-
dan yoki moliya tashkilotidan mijozning garov mulki hisobiga qoplashi 
majburiyatini bankka taqdim qilmaguncha, bank bunday mijozlarga, 
ya’ni quruvchi va loyihachilarga kredit bermaydi. 
Davlatga tegishli va xususiy qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan 
shug‘ullanuvchi dilerlarga ularni sotish yoki muddati tugaganda 
hisobdan chiqargunga qadar yangilarini sotib olish va mavjud qimmatli 
qog‘ozlar portfelini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli kreditlar 
kerak bo‘ladi. Bunday kreditlarni banklar ko‘pincha hech qanday 
to‘sqinliksiz beradilar, chunki bunday kreditlar yuqori sifatli hisoblanib, 
ular asosan davlatning qimmatli qog‘ozlari bilan ta’minlangan bo‘ladi. 
Bundan tashqari, bunday kreditlar juda qisqa muddatga beriladi (bir 
kundan bir necha kungacha). Agar sharoit yomonlashsa, bank kreditni 
qaytarib oladi yoki foiz stavkasini ko‘taradi. 
Bunday kreditlar yangi korporativ obligatsiyalar, aksiyalar va 
davlatning qimmatli qog‘ozlarini joylashtiruvchi investitsiya firmalariga 
beriladi. Investitsiya firmalari yangi qimmatli qog‘ozlarni kapital 
bozorida sotishi natijasida kreditlar va ularga o‘rnatilgan foizlar 
to‘lanadi. 
Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga kreditlar asosan 
avtomobillar, elektr-xo‘jalik mollari, mebel va boshqa uzoq muddat 
ichida foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun, savdo bo‘yicha 
shartnoma imzolangandan so‘ng yuzaga kelgan dilerning debitorlik 
qarzini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida beriladi. Bank dilerlarning 
shartnomalarini tahlil qiladi. Agar shartnoma o‘rnatilgan talablarga 
javob bersa, bank bu shartnomalarni sotib oladi, risk darajasi va ta’minot 
sifati hamda kredit muddatini e’tiborga olib, foiz stavkasini o‘rnatadi. 
Chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslar kredit olish bilan birga 
sotuvdan tushgan tushumlari hisobidan ssuda hisobvarag‘idagi 
mablag‘larni qoplaydilar. 
[186].
Revolver kredit shartnomasi bo‘yicha kredit oluvchi firma 
kredit tizimi muddati ichida belgilangan miqdorda kredit olishi, olingan 
qarzning bir qismini yoki to‘liq hajmini to‘lashi va zarur hollarda yana 


305
qarz olishi mumkin. Bu kreditning afzalligi shundaki, uni olayotganda 
firma maxsus garov bilan kreditni ta’minlashi shart emas va bu kredit 
qisqa muddatga yoki 3-5 yil muddatga beriladi. Mijoz naqd pullari 
tushumi hajmini va kelajakda olinadigan kredit hajmini aniq bilmasa, 
revolver kreditdan foydalanadi. Revolver kredit mijozning ishlab 
chiqarishda bo‘ladigan tebranishlarini tartibga solishda muhim omil 
bo‘ladi. Mijoz faoliyati davomida daromadi oshgan vaqtda kredit 
hajmini to‘lab boradi, sotuv hajmi kamayib, naqd pul oqimi qisqarsa, 
kredit tizimi muddatiga ko‘ra, bankdan qo‘shimcha mablag‘ olish 
imkoniga ega bo‘ladi. Kelishilgan kredit hajmida mijozning kredit 
uchun berilgan har bir talabnomasining to‘liq va o‘z vaqtida qondirilishi 
hisobiga bank mijozdan xizmat haqi oladi. 
Majburiyatlar uchun olinadigan haq ikki xil bo‘ladi: 
shartnoma majburiyati; 
tasdiqlangan kredit tizimi. 
Shartnoma majburiyati bo‘yicha bank mijozga eng yuqori hajmda 
kelishilgan foiz stavkasi bilan kredit beradi. Bunday hollarda mijozning 
moliyaviy ahvolida «sezilarli salbiy o‘zgarishlar» yuz berganda yoki 
mijoz shartnoma bandlarini bajarmaganda, bank to‘lovlarni to‘xtatishi 
mumkin. 
Tasdiqlangan kredit tizimi bo‘yicha bank, kredit oluvchi firmaning 
arizasiga ko‘ra, favqulodda hollarda kredit beradi. Bunday paytlarda 
asosan kredit reytingi (kreditni to‘lash bo‘yicha bahosi) yuqori bo‘lgan 
mijozlarga beriladi va ularga o‘rnatiladigan foiz stavkasi anchagina past 
bo‘ladi. 
[187].
Uzoq muddatli loyihalarni moliyalashga beriladigan kreditlar 
kelajakda naqd pul tushumi bilan ta’minlovchi asosiy kapitalni to‘ldirish 
maqsadida moliyalash uchun olinadigan kredit bo‘lib, bank uchun ancha 
xatarlidir. Misol tariqasida neftni qayta ishlash zavodlari, shaxtalar, 
elektr stansiyalarini kredit bilan ta’minlashni olish mumkin. 
Bunday loyihalarga beriladigan kreditlar xatari turlichadir: 
ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun juda katta hajmdagi 
mablag‘lar ajratish lozim; 
moliya bilan ta’minlanayotgan loyihaning amalga oshishi 
muddati ob-havo sharoiti yoki qurilish materiallarining yetishmasligi 
sababli kechikishi mumkin; 
amaldagi qonun va qoidalarning o‘zgarishi loyihaning amalga 
oshishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qurilishning tugashiga to‘sqinlik qilishi 


306
va buning natijasida qurilish tannarxi ortishi mumkin. 
foiz stavkasining ko‘tarilishi kreditor yoki loyihani moliya bilan 
ta’minlovchi homiy muassasa yoki tashkilot faoliyatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Loyihalarni moliyalash krediti asosan uni birgalikda amalga 
oshirayotgan bir nechta yirik kompaniyalarga beriladi. Shuningdek, yirik 
hajmdagi bunday kreditlarni bir necha kreditorlar birgalikda berishlari 
ham mumkin. 
Ushbu loyihalar o‘z vaqtida bajarilmasa, kreditlar qarz oluvchining 
homiylari tomonidan qaytariladi. Kredit oluvchiga hech kim homiylik 
qilmagan taqdirda, kreditor, ya’ni bank juda katta tavakkalchilikka yo‘l 
qo‘ygan bo‘ladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin