27. Qarzga mablag‘ beruvchi tomon: a) debitor deyiladi; b) kreditor deyiladi; c) qarzdor deyiladi; d) a + v. 28. Ta’minot manbayi bo‘lmagan kredit: a) iste’mol krediti deyiladi; b) kafolatli kredit deyiladi; c) blank (rasmiy qog‘oz) krediti deyiladi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 29. Ta’minotning real qiymati qarz miqdorining 60 foizidan kam bo‘lgan kredit: a) ta’minlangan kredit hisoblanadi; b) yetarli darajada ta’minlanmagan kredit hisoblanadi; c) kafolatli kredit hisoblanadi; d) ta’minlanmagan kredit hisoblanadi. 30. Real qiymati qarzga teng yoki undan ortiq bo‘lgan, likvid garovi tarzidagi ta’minotga ega yoki bank yoxud hukumatning kafolatiga ega yondashish belgilangan tartibda sug‘urtalab
94
qo‘yilgan kredit: a) ta’minlangan kredit hisoblanadi; b) ta’minlanmagan kredit hisoblanadi; c) yetarli darajada ta’minlanmagan kredit hisoblanadi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 31. Birinchi guruh tavakkalchiligi jumlasiga: a) «Nostandart kredit» turi kiradi; b) «Andoza (standart) kredit» turi hisoblanadi; c) «Shubhali kredit» turi kiradi; d) «Xavfli kredit» turi kiradi. 32. 60 kundan 180 kungacha muddati o‘tkazib yuborilgan ta’minlanmagan qarzlar va 180 kundan ortiq muddati o‘tkazib