2-bosqich.
Asosiy bo‘lim
(50 min)
|
2.1. Mavzu rejasi va tayanch tushunchachlar bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar.
|
2.2. Ma’ruza rejasini savollar bo‘yicha tushuntiradi, har bir savolning nihoyasida umumlashtirib boradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi (7-ilova). Talabalarga mavzuni jonlantirish uchun savollar beradi.
1-savol. Estetika fanining maqsad va vazifasi nimadan iborat?
2-savol. Estetikaning falsafiy mohiyatini tushuntirib bering?
3-savol. O‘rta asrlar musulmon sharqida shakllangan estetik tafakkur haqida nimalarni bilasiz?
4-savol. XIX-XX asrlarda vujudga kelgan estetik taraqqiyot haqida ma’lumot bering?
Mavzuning asosiy qismlariga e’tibor qaratadi va kerakli joylarini yozib borishni ta’kidlaydi. Talabalarning fikrlarini umumlashtiradi va xulosaladi.
|
Tinglaydilar, slaydga e’tibor qaratadi, uni o‘ziga yozib oladi va savollar beradi.
|
2.3. Tayanch iboralarga qaytiladi, talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi (Pinbord usulida). Mavzuga oid bo‘lmagan iboralar olib tashlanib, kerakli tushuncha va iboralar qo‘shiladi (5-ilova).
|
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar. Barcha axborotni tizmlashtiradilar, konspekt qiladilar.
|
3-bosqich.
YAkuniy qism
(10 min)
|
3.1. Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosa qiladi.
|
Tinglaydilar.
|
3.2. Mavzu maqsadiga erishishdagi talabalar faoliyati tahlil qilinadi va baholanadi.
|
O‘zini qiziqtirgan savollarni beradi.
|
3.3. Mavzu bo‘yicha mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar beradi: “Estetika – nafosat haqidagi fan” mavzusida esse yozib keling.
|
YOzib oladilar.
|
3.4 YAna ushbu mavzu bo‘yicha qanday adabiyotlardan foydalanish mumkinligini eslatib o‘tadi.
|
YOzadilar.
|
3.5. Amaliy mashg‘ulotda o‘tiladigan mavzuning rejasi bilan tanishtiradi, tayyorlanib kelishni so‘raydi (6-ilova).
|
YOzib oladilar. O‘UMga qaraydilar.
|