Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə47/98
tarix16.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#181544
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Go‘zallik
Go‘zallik tushunchasi sub’ektdagi yoqimli taassurot, xush kayfiyat va quvonch uyg‘otadigan ob’ektdagi estetik xususiyatni tavsiflashga yo‘naltirilgan ilmiy atama. Estetik xususiyat sifatida esa go‘zallik muayyan komillik va yuksak qadriyatlar, insonni «erkinlikka olib boradigan yo‘ldir»1.
Go‘zallik eng avvalo me’yor bilan bog‘liq. Lekin bu bog‘liqlik bilvosita – uyg‘unlik orqali ro‘y beradi. YA’ni, nimaiki me’yorida bo‘lsa, unda uyg‘unlik xususiyat mavjud bo‘ladi; uyg‘unlik esa go‘zallikning poydevoridir. Uyg‘unlikda moslik va mutanosiblik bilan bir qatorda ba’zan nomoslik va nomutanosiblik katta ahamiyatga ega. M., terakning adlligi, pastki tanasining ustki qismiga mutanosibligi – go‘zal. Ayni paytda tok zangining egri-bugriligi, pastki qismi bilan tepa tomonining nomutanosibligi ham – go‘zal. CHunki har ikki holatda ham uyg‘unlik mavjud. Zero u uyg‘unlik ikki va undan ortiq qarama-qarshi narsa – hodisalar yoxud narsa-hodisalar unsurlarining me’yor asosida «ichki kelishuvi» dan hosil bo‘ladi. M., qiz bolaning oppoq yuzidagi moshdek yoki no‘xatdek qora xol – go‘zal, bunda oq bilan qora-qarama-qarshi ranglar me’yor asosida bir-biri bilan sig‘ishadi, uyg‘unlikni tashkil etadi, natijada yuzda go‘zal manzara vujudga keladi, aniqrog‘i, yuz go‘zallashadi. Biroq oq yuzadagi qora xol me’yordan ortiq o‘rin egallasa, yuzning katta qismini qoplab olsa, go‘zallik emas, xunuklik paydo bo‘ladi. CHunki me’yor bezilishi, qora rangning ortiqcha kattalashib ketishi uyg‘unlikka putur etkazadi.
Ba’zan muayyan bir hajm dorasidagi narsa-hodisalarning ozgina u yoq-bu yoqqa siljishi yoki o‘rin almashishi ham go‘zallikni yo‘qqa chiqaradi. Bunga avstriyalik ruhshunos va estetik Fexner qadimgi daogi faylasuflar fikrini rivojlantirib, qiziq misol keltiradi: qiz bolaning yuzidagi qizillik – go‘zallik, lekin u burunga ko‘chsa-xunuklikka aylanadi. Demak, gap faqat hajmda emas. To‘g‘ri, qadimgi faylasuflar ta’kidlaganlaridek, hajman ko‘z ilg‘amaydigan darajada kichik bo‘lgan yoki, aksincha, nigoh qamrab ololmaydigan bag‘oyat ulkan narsa-hodisalarni go‘zal deyish mushkul, lekin go‘zallik hajmdan ko‘ra ko‘proq sifat bilan bog‘liq.
Ko‘rib turibmizki, go‘zallik nihoyatda nozik, ta’bir joiz bo‘lsa, «injiq» xususiyat, xususiylik tabiatiga ega. SHu bois uni butunlay ezgulik bilan aynanlashtirish xato xulosalarga olib keladi. CHunki ezgulikning talablariga, kengroq ma’noda olsa, axloqiy qonun-qoidalar barcha uchun umumiy, go‘zallik esa har bir hodisada hususiydir. M., axloqshunoslikdagi «yaxshi odam» tushunchasini olaylik, u hamma uchun-erkagu ayol, yoshu qari uchun bir xolda tatbiq etiladi. Estetikada esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri «go‘zal odam» degan tushuncha yo‘q, biz faqat «go‘zal qiz», «go‘zal yigit», «go‘zal ayl», «go‘zal erkak» degan iboralarnigina qo‘llashimiz mumkin. Sababi – erkak kishi uchun yarashib tushgan mo‘ylov ayolga go‘zallik baxsh etmaydi, ayolga nisbatan olganda go‘zallik bo‘lgan ko‘kraklar erkak kishi uchun xunuklikdir.
Lekin go‘zallik bilan ezgulikning shartli ravishdagi, bilvrsita bog‘liqligi ham bor. M., har bir haqiqiy san’at asari asosida doimo axloqiy muammo yotadi, undagi ba’zi qahramonlar o‘zlarida xulqiy go‘zallik sifatlarini namoyon etadilar. SHu sababli estetikada xulqiy go‘zallik tushunchasi mavjud. Biz xulqiy go‘zallik, deganda axloq-odob qonun qoidalariga namunaviy tarzda rioya qilgan, qalban go‘zal, o‘zida axloqiy va estetik qadriyatlarni uyg‘unlashtira olgan, muayyan darajada komillikka erishgan odamni tushunamiz. «Go‘zal odam» tushunchasi faqat ana shunday hodisalardagina ishlatilishi mumkin.
Go‘zallik ham ko‘pdan-ko‘p xususiyatlar kabi o‘z unsurlariga ega bo‘lgan yaxlitlik. CHunonchi, chiroylilik, noziklik, latofatlik, malohatlilik, injalik singari sifatlarni uning unsurlari deyish mumkin. Ammo bu unsurlarning hech biri alohadi-alohida olinganda, hatto mujassam tarzda olinganda ham go‘zallik bo‘la olmaydi. CHunki ular go‘zallikning hodisalaridir, uning mohiyati esa mazkur unsurlarning ezgulik bilan bog‘liqligida, ya’ni ularning axloqiyligi yoki, juda bo‘lmaganda axloqiylikka zid emasliklarida. Zotan go‘zallik faqat axloqiy fazilat hisoblanishi muhabbat tufayli va faqat muhabbat vosita namoyon bo‘ladi.
SHunday qilib, go‘zallikning asosida muhabbat yotadi. Nimagaki muhabbat bilan qarasangiz, siz uchun o‘sha-go‘zal muhabbat esa, birinchidan-erkinlik, ikkinchidan-beg‘arazlilik, uchinchidan-xususiy tabiatiga esa. Go‘zallik ham xuddi shunday-Demak, muayyan go‘zallikni inson o‘zinimi yoki boshqanimi – baribir, majburlash orqali tan oldirishning iloji yo‘q; unga manfaat yuzasidan, xudbinlarcha yondashish mumkin emas; siz uchun go‘zal bo‘lgan narsa-hodisani boshqalarga ham albatta yoqadi deb hisoblashingiz noto‘g‘ri. M., kimdir Erkin Vohidov va Abdulla Oripovning an’anaviy uslubda yozilgan she’rlarini she’riyatdagi go‘zallik sifatida qabul qiladi, boshqa odam esa Faxriyor va Bahrom Ro‘zimuhammadning modernistik sarbast she’rlarini yuksak baholaydi. Bunday holatda bir kitobxon ikkinchisiga o‘zi go‘zal hisoblagan she’riy shaklni zo‘rlab ma’qullabishi mumkin emas. Zotan go‘zallik narsa-hodisa yoki voqelikning ko‘rishigina emas, ayni paytda muayyan dunyoqarashga asoslangan insonning nigohi hamdir, boshqacha qilib aytganda, u ikki olamning – insoniy ruh va tashqi muhit ixtiyoriyning uchrashuvidan, tug‘iladigan ma’naviy hodisadir. SHu sababli SHiller aytganidek erkinlikka yo‘l go‘zallik orqali o‘tadi.
Go‘zallikning mavjud bo‘lish doirasi «Alloh go‘zal va u go‘zallikni sevadi», degan hadis so‘zlarida o‘z aksini topgan: YAratgan - mutloq go‘zal, zot, demak, yaratilganlar, nisbiy esa-da go‘zal bo‘lishi lozim. SHu bois go‘zallik, umuman olganda, avvalo tabiatda mavjud, bunda ikki xil tabiat nazarda tutiladi – olamiy tabiat va odamiy tabiat. Olamiy tabiat, bu – gullar, qiyg‘os gullagan daraxtlar, lolazor, suvga egilgan majnuntol, dumini yoygan tovus, tunda bulbulning sayrashi v.h. Odamiy tabiat esa o‘z navbatida ikkiga – ichki va tashqi tabiatga bo‘linadi: ichkisi-yuqorida aytilgan xulqiy go‘zallik bo‘lsa, tashqi odamiy tabiat – insoniylashgan muhit, insoniy ruh ko‘chib o‘tgan jamiyatdagi go‘zallik. U o‘zini olamiy tabiatga tahlidan yaratilgan tomosha bog‘larda, muayyan sivilizatsiya erishgan texnikaviy yutuqlarida, shaharsozlikda, umuman, atrof-muhitni go‘zallashtirishning barcha sohalarida namoyon qiladi.
Bundan tashqari go‘zallikning jamiyatidagi mavjudlik shartlaridan biri va asosiy-san’at. San’atda ikki xil go‘zallik-odamiy tabiatga va olamiy tabiatga taqlid orqali vujudga kelgan go‘zallik namoyon bo‘ladi. SHu jihatdan go‘zallik tabiatning insoniylashuviga va odamning tabiiylashuviga xizmat qiladigan omildir, degan xulosa maqsadga muvofiq.
San’atdagi go‘zallikni yana san’at asarining shaklida, hujayralarida ko‘rish mumkin. Zero haqiqiy san’at asari go‘zallikni tasvirlash, unga da’vat etish omiligina emas, balki o‘zi ham badiiy vositalaridan tortib, to kompozitsion qurilishigacha go‘zal bo‘lishi lozim: faqat go‘zal shakligina mazmun go‘zalligini in’ikos ettira oladi.
Xunuklikka kelsak, aytganimizdek, u go‘zallikning ziddi; qadimgi donishmandlar go‘zallikni komillik bilan, xunuklikni nuqs bilan bog‘liqligini ta’kidlaydilar. Xunuklik kayfiyatni buzadi, kishida ob’ekt haqida yoqimsiz tassurot qoldiradi, muhabbat tuyg‘usini emas, aksincha hazar, ba’zan esa jirkanish hissini uyg‘otadi.
Go‘zallik va xunuklikni ikki alohida dunyo emas, balki bir dunyoning ikki qutbi sifatida olib qarash lozim; aytib o‘tganimizdek, go‘zallik bor ekan, go‘zallik mavjud, ular doimo bir-biri bilan dialektik munosabatda. Bunday munosabatni biz, ayniqsa, ularning bir-biriga o‘tib turishida ko‘rishimiz mumkin. YOsh, yuzlari tiniq, qaddi qomati adl – go‘zal qizning yillar o‘tib, qari, hamma yog‘ini ajin bosgan bukchaygan, kasalmand kampir bo‘lib qolishi yoki bahorda qiyg‘os gullagan o‘rikning qishda tikanga o‘xshab tikkaygan shoxlari bir-biriga chirmashib ketgan yalang‘och daraxtga aylanishi buning yorqin misolidir. Xunuklik ham ko‘p hollarda xuddi shunday evrilishni boshdan kechiradi. M., mahalla chetida axlatxona bo‘lib yotgan tashlandiq er-xunuk, uni gulzorga aylantirilsa – go‘zallik kasb etadi yoki shaynaning zarg‘aldoqning isish polaponi – xunuk, voyaga etgach esa u rangdor, go‘zal sifatida ko‘zni quvontiradi.
Go‘zallik va xunuklik dialektikaining san’atda namoyon bo‘lishi alohida e’tiborga molik. Zero san’atning asosiy vazifasi haqiqat va ezgulikka yo‘naltirilgan go‘zallikni tasvirlashdan iboratdir; go‘zalliksiz san’atning mavjudligi mumkin emas, san’atda xunuklik ham go‘zal tasvirlanadi va go‘zallikka aylanib ketadi. M., buyuk rus rassomi Karl Bryullov «Pompeyning so‘nggi kuni» asarida favqulodda hodisa tufayli kutilmaganda halokat yoqasiga kelgan kishilarning qo‘rquv va dahshatdan xunuklashib ketgan qiyofalarini chizadi. Bu polotno tasviriy san’atning go‘zal nomunasi sifatida salkam bir yarim asrdan buyon hammani hayratga solib keladi, kishiga estetik zavq beradi. CHunki xunuklik san’atga ko‘chganida, san’atkor mahorati va san’at qonuniyatlari vositasida o‘zining ob’ektdagi jirkantiruvchi jihatlarini ko‘zdan yashiradi, go‘zallikka aylanadi. Biroq, ayni paytda, insondagi mazkur ob’ektga bo‘lgan (tasvirga emas) salbiy munosabat uning ongtubida saqlanib qoladi. Bu holat badiiy asarni idrok etuvchi kishining (retsipientning) axloqiy-estetik tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi: u xunuklikning mohirona, go‘zal tasvirini ko‘rib zavqlangani barobarida tasvir ob’ektidagi xunuklikdan qochishiga, go‘zallikka intilishiga harakat qiladi, bu intilish uning o‘zini ham xunuklikni go‘zallikka aylantirishga da’vat etadi.
SHunday qilib, insondagi, jamiyatdagi hamda tabiatdagi go‘zallik bilan xunuklik hech qachon mutlaq bo‘la olmaydi, doimo nisbiylik va muvaqqatlik tabiatiga ega; ularning o‘zaro dialektik aloqadorligi, bir – biriga o‘tib terishi ana shundan.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin