Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


Kompyuter viruslari xaqida tushuncha



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

2. Kompyuter viruslari xaqida tushuncha.
Siz juda ko`plab marta «kompyuter virusi» iborasini eshitgansiz. Lekin kompyuter 
virusining nima ekanligini, uning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini, 
qanday qilib uni aniqlash mumkinligini, unga qarshi qanday usullar bilan kurashish 
mumkinligini bilasizmi? Masalan, Siz Internet bilan ishlab o`tirganingizda, sizning 
adresingizga bir ma’lumot keldi va uni ochganingizda kompyuteringizdagi bir 
qancha qimmatli ma’lumotlar yo`qolib ketdi. Bu nima sabablar orqali yuz berishi 
mumkin deb o`ylaysiz? O’zingiz yoki do`stlaringiz tajribasini umumlashtirgan 
xolda bu muammo xaqida biroz fikrlab ko`ring. 
Haqiqatan ham, agarda dasturingizga, informatsion sistemangizga yoki ming azob 
bilan yaratgan muhim bir faylingizga kompyuter virusi qandaydir yo`llar bilan 
kirib qolsa, juda noqulay ahvolga tushib qolishingiz mumkin. Buning oldi
pyuter viruslaridan samarali ximoyalanish uchun ularning o`zi nima 
ekanligini, ularning qanday turlari mavjudligini, ular qanday oqibatlarga olib 
89


kelishi mumkinligini va ularga qarshi kurashish uchun nima qilish lozimligini 
puxta bilib olish zarur bo`ladi. Hozirgi paytda virus va antiviruslarning turlari shu 
qadar k
qaratilg
o`p, hamda ularni xosil qilishda shunchalik ko`p programmistlar bandki, 
agar masalaning mohiyatini tushunmasangiz, bu g`oyalar to`fonida g`arq bo`lib 
ketishingiz ham mumkin. Bunda "Ahmoqqa qarshi osongina kurashish mumkin, 
lekin topqir ahmoqqa qarshi kurashish juda ham qiyin", - degan iboraning 
to`g`riligi yana bir karra isbot bo`ladi, desak xech ham yanglishmagan bo`lar edik.
Kompyuter virusi iborasi 1984 yilda paydo bo`lib, u ommaviy axborot 
vositalari, seminarlar va konferentsiyalarda har tomonlama yoritilib borilayapti. Ilk 
kompyuter virusi Amerikalik Fred Koen tomonidan yozilgan programma bo`lib, 
uning asosiy vazifasi programmalarni noqonuniy ko`chirib olishga qarshi 
an edi. Ya’ni, biror-bir programma noqonuniy ko`chirib olib ketilsa, ushbu 
yaratilgan programmacha ham unga qo`shilib ko`chiriladi va o`sha ishlatilgan 
kompyuterdagi qimmatli axborotlarni diskdan o`chirishi, fayllarni yo`qotishi va 
shunga o`xshash noma’qul ishlarni amalga oshirishi mumkin. Koenning bu ishi 
kompyuterlar xavfsizligini ta’minlash bo`yicha anjumanda e’lon qilingandan 
so`ng, "XX asr kompyuter vabosi", ya’ni kompyuter viruslari ko`payib, G`arbiy 
Yevropa va AQSH bo`ylab tarqaldi. Obrazli qilib aytganda, «Jaxon bo`ylab bir 
sharpa kezib yuribdi – u xam bo`lsa kompyuter virusi sharpasidir» . Ular juda 
ko`plab firmalar, davlat tashkilotlari, ilmiy laboratoriyalar kompyuter tizimlarini 
ishdan chiqardi yoki ularga jiddiy zarar yetkazdi. Hozirgi paytga qadar 
kompyuterlarni viruslar xujumidan asrash dolzarb vazifalardan biri bo`lib 
qolmoqda. Bizga ma’lum bo`lgan kompyuter viruslari asosan bir xil tuzilishga ega. 
Ular to`rt qismdan iborat bo`lib, uning birinchi qismi virusning kompyuter 
xotirasiga kirishini ta’minlaydi, ikkinchi qismi virusni qattiq yoki egiluvchan 
diskka nushalashga xizmat qiladi. Bunda virus fayllarga qo`shilib olishi yoki 
diskning ishga tushirish sektoriga joylashib olishi mumkin. Uchinchi qismda virus 
o`z faoliyatini qanday sharoitlarda boshlashi zarurligi ko`rsatilsa, to`rtinchi qismda 
uning algoritmi bayon etiladi. 
Agar kompyuter virusi kompyuteringizga tushib kolsa, u uzini kuyidagicha 
namoyon kiladi: 

Ba’zi bir programmalar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi 

Ekranga boshkacha xabarlar yoki simvollar chika boshlaydi 

Kompyuterning ishlash tezligi ancha sekinlashadi 

Ba’zi bir fayllar buziladi, uzgaradi yoki kattalashadi 

Operativ xotiraning bush joyi kiskaradi 

Programmalarni yuklash sekinlashadi. 
Kompyuter virusining o`z faoliyatini qanday bajarishini

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin