Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта


AAT terminal arxitekturasi va G’aznachilikning “Mijoz-server” AATsi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   271
Informatika va axborot texnologiyasi

AAT terminal arxitekturasi va G’aznachilikning “Mijoz-server” AATsi. 
Meynfreymuan foydalanib terminal arxitekturasida axborot tizimini yaratish 
sezilarli darajada tarixiy an’analarga ega. Xorijda va mamlakatimizda yaqin 


390
vaqtgacha bunday majmualar yuqori samarali elektron-hisoblash mashinalari 
negizidan keng foydalanilgan. Bunday tizimning afzalligi axborot tizimida mavjud 
barcha axborotlarning markazlashgan ko’p oqimli va ko’p vazifali qayta ishlanish 
hisoblanadi. Bu qimmatbaho hisoblash resurslaridan foydalanish va markaziy 
mashinalar yuqori maxsuldorligini optimallashtirishga imkon beradi. Meyfreyda 
ishlashda har ibr foydalanuvchi va har bir jarayonga qo’yilgan vazifalarni hal 
etishga imkon beruvchi axborot resurslar majmuasi ajratiladi. Foydalanuvchi 
mashina bilan meynfreym bazasida hisoblash majmuasiga tegishli bo’lgan axborot 
kiritish-chiqarish tezkor qurilmalari yordamida ham, majmuaning markaziy 
mashinasiga ulangan terminllarda ishlash vositasida ham muomala qilish mumkin. 
Meynfreymlar operatsion tizimi ishlashi barqarorligi, xotira resruslaridan 
foydalanish himoyalanganligi va samaradorligi, markaziy protsessori (bir yoki bir 
nechta) va axborot kiritish-chiqarish periferiya qurilmalari bilan ajralib turadi. 
Ushbu arxitektura boshidanoq vaqt taqsimlash tartibida bir vaqtda bir nechta
(yoki) ko’plab turli vazifalarni samarali echishga yo’naltirilgan. Shuning uchun 
axborotlarni himoyalash vositalari va to’xtalishlardan himoya rivojlangan. 
Operatsion tizimning katta miqdorda (bir necha mingcha) foydalanuvchilar 
ishlashiga mo’ljallanganligi meynfreymlar apparat qismi va operatsion tizimlarga 
sozlangan tezkor va rivojlangan telekommunikatsion vositalarni yaratish, barcha 
asosiy, jumladan, ko’p oqimli kommunikatsion protokollarni qo’llashni belgilab 
berdi. Axborotlarni qayta ishlashning shiddatli rejimida ko’p yillab to’xtovsiz
ishlash sharoiti uchun yaratilgan tizimning apparat qismi yuqori ishonchliligi va 
barqarorligi bilan farqlanadi. Faqatgina markaziy mashinaga o’rnatuvchi dasturiy 
mahsulotlar tizim foydalanuvchilari uchun zararsiz tarzda modifikatsiya va 
almashtirishni etarlicha oson va tez bajarishga imkon beradi. 
Biroq so’nggi yillarda jahon amaliyoti sho`nga guvohlik beradiki, 
meynfreymlar asosidagi asosiy iste’molchilar tizim yangi komp’yuter 
texnologiyalardan foydalanib, yanad arzonroq qarorlarni qo’llashga sezilarli 
darajada qayta yo’nalgan. 
Bu quyidagi qator sabalarga ko’ra yo`z bermoqda. 
1.
Terminal tizimlarini yaratish ko’pincha etkazib beruvchi 
tomonidan barcha boshlang’ich tizimlarni rivojlantirish bo’yicha 
monopollashtirishga olib keladi. 
2.
Yuqori samarli protsessor majmualari asosisda shaxsiy 
komp’yuterlar va mini EHMlarning intensiv rivojlanishi va axborot
texnologiyalari bozorining ular bilan jihozlanishi qimmat bo’lmagan 
raqobat echimlari paydo bo’lishiga olib keladi. Mahsuldorligi va eenrgiya 
iste’molchi tejimkorligi ortishi barobarida kuchli mikroprotsessorlar 
bazasida hisoblash tizimlariga narxlar pasayishi bu tizimlarni 
meynfreymlar uchun an’anaviy - banklar, kommunikatsiya, moliyaviy 
faoliyat, murakkab korporativ tizimlar kabi sohalarda keng qo’llash uchun 
juda diqqatga sazovor qiladi. 
3.
Shaxsiy komp’yuter operatsion tizimi va uning negizidagi 
tizimlar takomillashuvi ularni mahsuldorlik va ko’p oqimlikni tutib turish 
miqyosida ham meynfreymlarga yaqinlashtiradi. Amaliy dasturiy ta’minot 


391
va instrumental holatiga qaraganda kamroq malakali personalga 
mo’ljallanib, foydalanuvchilarga ko’proq yo’naltirilgan mahsulot 
chiqaradilar. Katta bozorda o’zaro raqobat olib borib, bu mahsulotlarga
superkomp’yuter tizimlarining monopol ishlab chiqaruvchilarga qaraganda 
sezilarli darajada past narx belgilaydilar. 
Superkomp’yuter va ularni qo’llovchi tizimlarning muhim ahamiyatini 
inkor etmagan holda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini
yaratuvchilar hamda integratorlar umumiy va yopiq lokal hisoblash tarmoqlari 
bazasida qo’llash qulay va oson yoyiluvchi tizimlardan foydalanishga asosiy 
urg’u beradilar. Bunda UNIX, Windows NT va Netware kabi istiqbolli
tizimlarga alohida e’tibor qaratiladi. Meynfreymlar kuchli fayl serverlari, 
global ma’lumotlar bazasi serverlari va bu tarmoqlarning kommunikatsion 
serverlari sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Sotib olinishi va ekspluatatsiyasi 
qimmat turadigan bunday hisoblash mashinalarini qo’llash istiqbollari ularning 
hizmatiga real ehtiyoj bilan qat’iy muttnosiblikni ko’rib chiqilishi lozim. 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin