joylaydi va ushbu qismni yaroqsiz sektor deb belgilab qo`yadi. Mashinaning
ishlash jarayonida virus uni o`zicha boshqarib turadi. Kompyuterga tushib olgan
virus unga kiritilgan har bir boshqa diskning boshlang`ich sektoriga ham o`z
nusxasini yozib qo`yadi.
Viruslar operatsion sistemaning ichidagi programmalarga ham zarar
yetkazishi va turli xil muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Viruslar fayllarga
zarar yetkazishi, kompyuter ishini sekinlashtirishi yoki ekrandagi ma’lumotlarni
o`zgartirib yuborishi mumkin. Ba’zi bir insonlar virus yaratish va uni tarqatishni
o`zlariga kasb qilib olganlar va bu orqali tirikchilik ham qiladilar. Bunday turdagi
mutaxassislarni
"Xakerlar"
deb ataladi. Ularni topish va qilgan ishlari bo`yicha
javobgarlikka tortish juda ham mushkul masaladir. Hozirgi paytda keng miqyosda
tarqalgan viruslar amaliy programmalarga, matn muharrirlariga, katta o`lchamli
jadvallarga, utilitlarga va o`yin programmalariga zarar yetkazishi mumkin.
Ko`pgina viruslar yangi kompyuterga o`tishdan oldin undagi programmalar virus
bilan zararlangan yoki yo`qligini tekshirib ko`radi va u ilgari zararlangan bo`lsa,
unga qayta zarar yetkazmaydi. Aks xolda zararlangan programma xajmi
kattalashib, virus o`zini oshkor qilib qo`yishi mumkin. Virus yuqqan diskni
ishlatish bu virusning tarqalishiga olib keladi, shuning uchun ham ishlatilayotgan
diskning va undagi programmalarning virusdan zararlangani yoki
zararlanmaganligini bilib, so`ngra ishlatgan ma’kul.
Virus asosan 4 fazaga ega:
•
Uxlash fazasi
•
Kupayish fazasi
•
Ishga kirishish fazasi
•
Vayron kilish fazasi
Dostları ilə paylaş: