Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Ommaviy axborot vositalari, g‘oyaviy ta'sir ko‘rsatish texnologiyalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə116/119
tarix29.10.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#66804
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
«Milliy istiqlol Foyasi» fanining maqsad va vazifalari

3. Ommaviy axborot vositalari, g‘oyaviy ta'sir ko‘rsatish texnologiyalari
asosidagi yondashuvlar hamda milliy - madaniy merosni o‘rganish
Ommaviy axborot vositalari va g‘oyaviy ta'sir ko‘rsatish mexanizmlari (OAV). OAV - eng asosiy, qudratli va ta'sirchan mafkura vositasidir. Ommaviy axborot vositalari - axborotni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi matbuot, radio, televidenie kabi vositalarga nisbatan ishlatuvchi tushuncha. Ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayoti, fuqarolar faoliyatiga ta'siri nihoyatda kuchliligidan ularga nisbatan «to‘rtinchi hokimiyat» atamasi ham qo‘llanadi.
Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishda alohida o‘rin tutadi. Ular Ma'naviy-ma'rifiy islohotlar jarayoni, bu boradagi muammolarni, jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks ettiradigan eng samarali vositadir. «To‘rtinchi hokimiyat» hisoblangan OAVlari turli xil fikrlar, rang-barang qarash va yondashuvlarga keng yo‘l ochib berishi, hayotimizda yuz berayotgan yangilanish va o‘zgarishlarga odamlarning ongli munosabatini uyg‘otishi, xolislik va haqqoniyat tamoyillariga tayanib faoliyat yuritishi lozim.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma'naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq. Ommaviy axborot vositalarining ta'sir kuchini ko‘rsatadigan shunday bir gap bor: «Har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan to‘rt yil davomida takrorlansa - «haqiqat» tayyor bo‘ladi, odamlar unga chippa-chin ishonadilar».
Aksiltarg‘ibot «g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish» tamoyiliga mos ravishda olib borilishi kerak. Bunda davlatimiz siyosatiga qarshi kuchlarning g‘oyaviy hujumlarini qaytarish talab etiladi. Xususan:
1) xorijiy xurnalistlarning hukumat siyosatini buzib talqin qiluv-chi chiqishlariga;
2) diniy aqidaparastlarning tanlagan yo‘limizga qarshi mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlariga;
3) rivojlangan davlatlarning o‘z mafkurasi hukmronligini o‘rnatish yo‘lidagi urinishlariga;
4) axborot xilma-xilligi sharoitidagi informatsion tajovuzlarga;
5) odamlar ongida saqlanib qolgan kommunistik mafkuraning asorat-lariga qarshi faol kurashish zarur.
Aksiltarg‘ibotni tashkil etishda tezkorlik, qat'iyatlilik, hujum-korlik, murosasizlik talab qilinadi. Bu borada tayyorlangan materiallar dalillar bilan isbotlangan, haqqoniy, ommabop va barcha uchun tushunarli bo‘lishi shart.
Aksiltarg‘ibot salbiy ta'sirning oldini oluvchi va fosh etuvchi shakllarda amalga oshiriladi. Oldini oluvchi yo‘nalish asosan tarbiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. Bunda:
1) fuqarolarning pozitsiyalarini shakllantirishda g‘oyaviy raqiblar-dan o‘zib ketish;
2) insonlarni begona g‘oyalarning noto‘g‘riligini fosh etishga va ularning dalillarini rad etishga o‘rgatish;
3) pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan xushyor-likni oshirish;
4) yot mafkuraviy ta'sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin