¤збекистон республикаси олий ва


VI. Kurs ishi bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar



Yüklə 187 Kb.
səhifə25/27
tarix02.01.2022
ölçüsü187 Kb.
#38497
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
100. 5311000-2.07 ЭСМПВ

VI. Kurs ishi bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar

Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Kurs ishining hajmi, rasmiylashtirish shakli, baholash mezonlari ishchi fan dasturida va tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Kurs ishini bajarish talabalarda fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.

Kurs ishi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirib, ushbu fandan olgan tushuncha va ta’riflar, texnologik jarayonlarni zamonaviy avtomatlashtirilgan boshqarish usullari asosida loyixalash haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.



Kurs ishi mavzulari bevosita talabaning dissertatsiya ishi mavzusi bilan bog‘liq bo‘lib, talabaning o‘z dissertatsiya ishidagi tadqiq qilinayotgan obekt misolida boshqaruv sistemalarini konseptual va matematik modellarini qurish va qurilgan modellar yordamida bu sistemani tahlil qilishdan iborat. Kurs ishida quyidagi masalalar yechiladi:

  1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini qurish va uni ishlash tamoyillari o‘rganiladi;

  2. Texnologik boshqaruv obektini informatsion va matematik modellari quriladi;

  3. Loyihalashtirilayotgan texnologik obektni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini axborot, texnika va dasturiy ta’minotlari yaratiladi;

  4. Texnologik obektni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini hisob-kitoblari amalga oshiriladi;

  5. Qurilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini samaradorligi aniqlanadi;

  6. Bajarilgan kurs ishini tushuntirish xati va chizmalari tayyorlanadi.

Kurs ishini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:

  1. Muammoni bibliografik tahlil qilish;

  2. Chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish;

  3. To‘plangan materiallarni tanqidiy o‘rganish;

  4. Taklif va tavsiyalarni asoslab berish;

  5. Fikrni ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilish;

  6. Kurs ishini qo‘yilgan talablar bo‘yicha rasmiylashtirish.





Yüklə 187 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin