Qoraqalpoq tili. Qoraqalpog’istonda yashovchi xalqlar tili bo‘lib,
bu tilda 600 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi.
Turkiy tillar tasnifi bir qator mezonlarga asosan amalga oshirilgan.
N.A.Baskakov turkiy bobo tilni ikki guruhga ajratgan: g‘arbiy turkiy
tillar: bulg'or, o'g'uz, qipchoq, quman, saljuqiy, usmonli turk, turkman,
chuvash, gagauz, ozarbayjon, qaraim, qumiq tillari; sharqiy turkiy
tillar: o ‘rxun-enasoy, qadimgi uyg'ur, uyg'ur, qarluq, tatar, boshqird,
qozoq, n o ‘g ‘ay, qoraqalpoq, o ‘zbek, qirg’iz, oltoy, tuva, xakas, shor,
yoqut tillari.
Har bir guruh o‘z ichida yana kichik guruhlarga ajratilgan:
G‘arbiy xun tarmog‘i (g‘arbiy hudud).
1. Bulg‘or guruhi (shimoli-g‘arbiy areal):
a) qadimgi tillar - bulg'or, xazar, avar, sabir (suvarlar) tile, b) hozirgi
tillar —chuvash tili.
2. O‘g‘uz guruhi (janubi-g'arbiy areal):
1) O’g‘uz-turkman guruhi: a) qadimgi tillar —X—X l asrlardagi о‘g‘uzlar tili; b) hozirgi tillar - turkman tili, truxman dialekti);
2) O‘g‘uz-bulg‘or guruhi: a) qadimgi tillar - peeheneglar. uzlar (qora
klobitklar) tili b) hozirgi tillar — gagauz tili, bolqon turklari tili va dialekti; 3) o ‘g ’uz-saljuq guruhi; a) qadimgi tillar —saljuqiylar, eski usmon tillari;
b) hozirgi tillar —ozarbayjon, turk tillari.
3.Qipchoq guruhi (shimoli-sharqiy areal):
1) qipchoq-palovets guruhi:
a) qadimgi tillar — polovets tillari (qipchoq yoki kumanlar tili) ;
b) hozirgi tillar —qaraim, qumiq, qorachoy-balqar, qrim-tatar tillari;
2) qipchoq-bulg‘or guruhi: a) qadimgi tillar - g'arbiy oltino'rda tili;
b) hozirgi tillar - tatar, boshqird tillari;
3) qipchoq-no‘g ‘ay guruhi: a) qadimgi tillar - eski qozoq, eski qoraqalpoq tillari; b) hozirgi tillar - no 'g'ay qoraqalpoq, qozoq tillari.
4. Qarluq guruhi (janubi-sharqiy areal):
1) qarluq-uyg‘ur guruhi: qadimgi tillar — qoraxoniy uyg'ur va
qoraxoniylar davridan keyingi tillar;
2) qarluq-xorazm guruhi: a) qadimgi tiiisr - qarluq-xorazm, sharqiy
oltin o'rda, chig'atoy, eski o'zbek, eski uyg'ur tillari; b) hozirgi tillar -
о'zbek va uyg'ur tillari.
II. Sharqiy xun tarm og‘i (sharqiy hudud).
1-Uyg‘ur-o‘g‘uz guruhi (shimoliy areal):
1) uyg'ur-tukyu guruhi: a) qadimgi tillar —qadimgi o'g'iz , qadimgi
uyg'urtillari; b) hozirgi tillar — tuva tili, tofalar dialekti;
2) yoqut guruhi: hozirgi yoqut tili;
3) xakas guruhi: hozirgi tillar —xakas, shot; chulim tillari, kamasin
dialekti.
2. Qirg‘iz-qipchoq guruhi: a) qadimgi til —qadimgi qirg'iz tili; b)
hozirgi tillar -qirg'iz, oltoy tillari. V.V Radlov turkiy tillarni geografik o'rniga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘lgan:
1. Sharqiy guruh: oltoy, chulum turklari, karagas, xakas, shor, tuva va
enasoy turklari tillari.
2. G ‘arbiy guruh: Sibir tatarlari, qirg'iz, qozoq, boshqird, tatar,
qoraqalpoq tillari.
3. O‘rta Osiyo guruhi: uyg'ur va o'zbek tillari.
4. Janubiy guruh: turkman, ozar, turk tillari.
Bu tasnifga ko’ra yoqut tili alohida guruhni tashkil etadi.
F.Korsh, I.Bensig, K.Menges, V.A.Bogoroditslciy, G.Ramstedtlar ham
turkiy tillarni geografik joylashish o‘rniga ko‘ra tasniflagan.
A.Samoylovich turkiy tillarni fonetik xususiyatlariga ko'ra tasnif
qilgan:
1.R guruhi: bulg'or, chuvash tillari.
2.D guruhi: uyg'ur, shimoli-sharqiy turkiy tillar.
3.Таn guruhi: oltoy, qirg'iz, qumuq, qorachoy-balqar, qaraim, tatar,
boshqird, qozoq, no 'g ‘ay tillari.
4. Tag‘liq guruhi: eski о ‘zbek tili, hozirgi uyg ‘ur va hozirgi о ‘zbek
tili.
5. Tag‘li guruhi:Xorazm o'zbeklari, turkman-qipchoq tillari.
6. O’1 (bo‘l-o‘l) guruhi: janubi-g'arbiy turkiy tillar (ozar, turk, gagauz
tillari).
Dostları ilə paylaş: |