Òzbekiston Respublikasi Oliy va òrta maxsus ta'lim vazirligi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika va informatika fakulteti



Yüklə 16,55 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü16,55 Kb.
#205698
1   2   3   4   5
Mavzu Bilimlarni tasvirlash modellari mantiqiy modellar,tarmoq-hozir.org

BILIMLARNI TASVIRLASH MODELLARI
Bilimlarni tasvirlash modellari quyidagilar:
* Mantiqiy model
* To’rli model
* Freymli model
MAHSULIY (PRODUKSION) QOIDALARINING MODELLARI


Deklarativ bilimlar — bu biror-bir tizimda o'zaro bog'langan dalillardir. haqiqatdan ham ro'y bergan biror hodisa, voqea-dalilga misol bo'la oladi.

Protsedurali bilimlar — dalillar ustida amallar bajarilsa, (algoritmlar, dasturlar, analitik o'zgarishlar, empirik qoidalar) va shu kabilarni amalga oshirish natijasida hosil bo'ladigan bilimlardir. Bilimlarning bunday bo'linishi shartli xususiyatga ega.
EHMning boshlang'ich uch avlodida protsedurali tasvirlash yagona, u ham masalalarni yechishda qo'llaniladi. Deklarativ bilimlar har doim tobe bilimlardir. Ekspert tizimlar sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bilimlarni tasvirlash uchun qo'llaniladigan maxsus qoyidalar, semantik tarmoqlar va freymlar modellar ko'rinishida ishlatiladi. Shuning uchun, bu modellarni to'laroq ko'rib chiqamiz


1. Mahsuliy (produksion) qoidalar 1970-yillarning o'rtalariga qadar, ekspert tizimlarida bilimlarni ifodalovchi mahsulot modellari keng qoilanildi. Bu umumiylik ekspert tizimlarining birinchi avlodiga xos edi (masalan, dendral, mycin, ruf, rl va boshqalar).
Mahsuliy qoidalar bilimlarni «Agar — u holda» ko'rinishda tasvirlaydi. Qoidaning «Agar» qismi bir qator shartlarni ifodalaydi, bu shartlar qanoatlantirilsa, qoidaning ikkinchi, ya'ni «u holda» qismidagi xulosalar mazmunga ega boiadi. Buni quyidagi sxema misolida ko'rib chiqamiz.
Agar talabalar darsga muntazam qatnashib, darsni tinglab yoki konspekt yozib turmasa, uyda muntazam shug'ullanmasa, u holda ular 30 soat darsni zoye ketgazgan hisoblanadi. Bilimlarni tasvirlaydigan tizimlar mahsuliy produksion tizimlar deb nom oldi.
Ekspert tizimlarining qo'llanishi bo'yicha mahsulotlarni «vaziyat-->harakat», «holat→ yechimini qabul qilish», «jo'natish — xulosa» tarzida talqin qilish mumkin. Deduktiv xulosa tizimi uchun o'ziga xoslik — bu «jo'natish-xulosa» ko'rinishda talqin qilinadi. Bu jo'natishlar va xulosalar — aksioma va teoremalarni, mahsulotlarni o'zi esa xulosa qoidalarni ifodalaydi.


Yüklə 16,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin