Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so‘zlovchi va tinglovchi
bir xil tushunadi. So‘zlovchining so‘zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab. Gapning
tuzilishi ham shunga mos shaklda bo‘ladi. Masalan, so‘rashni bildiradigan gaplarning tarkibida
kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu – so‘roq gapning shunga moslangan
tipik shakllaridan biri. Demak. gap qurilishining so‘zlovchi tomonidan ko‘zda tutilgan maqsadga
(darak, so‘roq, buyruq mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor. Lekin,
birinchidan, bir turning tipik shakli nutqda boshqa tur uchun qo‘llanishi ham mumkin (masalan,
so‘roq gapning muayyan o‘rinlarda darak yoki buyruq mazmunini berish uchun qo‘llanishi),
ikkinchidan, gap nutq ichida, situatsiyaga qarab turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, Kim
gapirdi? gapi ishlatilish o‘rniga, intonatsiyaga qarab, “Gapirgan odam kim?” mazmuniga ham,
“Hech kim gapirgani yo‘q-ku” mazmunida ham qo‘llana oladi.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadi: gap shakliy - grammatika intonatsion
jihatlaridan ham, mundarija jihatidan ham tugallikka ega. Ammo uning fikriy tugalligi nisbiydir.
Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo‘lish
orqali yana ham oydinlashadi.
Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. U gapning shakllar tizimidagi qismlarga
ajralmaydigan grammatik ma’nodir.
Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni
ifodalovchi shakllar yig‘indisidan iborat. Grammatik ma’noga va uni ifodalovchi shakllar
tizimiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi.
Sintaktik qurilmaning o‘zgaruvchan unsurlari orqali ifodalanadigan, modusga kiruvchi
ma’no sintaktik qurilmaning grammatik ma’nosi, ana shu ma’nolar va uni ifodalovchi shakllar
tizimi gapning grammatik kategoriyalari sanaladi. Gapning grammatik kategoriyalari ham
grammatik ma’no (so‘roq, buyruq, darak, inkor va boshqa) va grammatik shakl birligidan iborat.
Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha uzvlardan tashkil topadi va bu uzvlarning har
qaysisi, o‘z navbatida, kichik kategoriyalarni hosil qiladi.
1. Gapning grammatik shaxs kategoriyasi.
2. Gapning grammatik zamon kategoriyasi.
3. Gapning grammatik tasdiq-inkor kategoriyasi.
4. Gapning modal kategoriyasi.
Modallik gapning asosiy belgisi, gap mazmunining eng muhim qismidir.
Modallik ostida gapning sub’ekt bilan bog‘lik bo‘lgan turli ma’nolari tushuniladi. Shunga
ko‘ra, bu ma’nolarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) ob’ektiv va 2) sub’ektiv modallik.
Ob’ektiv modallik bilish akti yo‘naltirilgan ma’lum bir vaziyatdagi mavjud ob’ektiv
aloqalar xarakterini aks ettiradi (mumkinlik, haqiqiylik, zaruriylik). Sub’ektiv modallik gapda
ifodalangan ob’ektiv mazmunga so‘zlovchining munosabaptini ifodalaydi va modusga kiradi.
Sub’ektiv modallik kirish so‘z vazifasida kelgan maxsus modal so‘z yoki modal vazifasidagi
boshqa so‘zlar yordamida ifodalanadi. Sub’ektiv modallik orqali, o‘z navbatida, so‘zlovchining
o‘z fikriga turli munosabatlari namoyon bo‘ladi: ishonch, tasdiq, gumon, achinish va boshqalar.
Obe’ktiv modallik gapni shakllantiruvchi zaruriy belgilardan biri hisoblansa, sub’ektiv modallik
ob’ektiv modallik ustiga qo‘yiluvchi qo‘shimcha modallikdir.
Dostları ilə paylaş: