Cisco Packet Tracer dasturi modellashtirish mumkin bo’lgan qurilmalarning shartli belgilari bilan tanishib chiqamiz .
Tarmoqqa ishchi stansiya sifatida bog„lanadigan shaxsiy kompyuter (PC)
uchun qo„llanilgan shartli belgi 1.1-rasmda k
orsatilgan.
1.1-rasm. Shaxsiy kompyuter shartli belgisi
Server – bu ish stantsiyalarini muvofiqlashtirish va texnik xizmat ko'rsatish va resurslarni taqsimlash bo'yicha umumiy funktsiyalarni bajaradigan kuchli, yuqori unumdorlikka ega kompyuter. Serverning shartli belgisi 1.2-rasmda ko’rsatilgan.
1.2-rasm. Serverning shartli belgisi. Konsentrator(Hub) – bir nechta Ehernet qurilmalarini umumiy segmentga birlashtirish uchun mo„ljallangan tarmoq qurilmasi. Konsentratorning shartli belgisi 1.3-rasmda ko„rsatilgan.
1.3-rasm. Konsentratorning shartli belgisi.
Ko‘prik (Bridge) – portlaridan biriga tarmoq orqali kelgan signalni barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Ko„prik kolleziyalarning cheklangan domenini ta‟minlaydi. Ko„prikning shartli belgisi 1.4-rasmda ko„rsatilgan.
1.4-rasm. Ko‘prikning shartli belgisi.
Kommutator (Switch) – kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini bir segment chegarasida bog„lash uchun mo„ljallangan tarmoq qurilmasi. Bir portiga ulangan qurilma trafigini qolgan barcha qurilmalarga tarqatadigan konsentratordan farqli, kommutator ma‟lumotni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Kommutatorning shartli belgisi 1.5-rasmda ko„rsatilgan.
1.5 -rasm. Kommutatorning shartli belgisi.
Ko‘p sathli kommutator(Multilayer Switch) – OSI modelining uchunchi va to„rtinchi sathida ishlay oladigan yuqori unumdorlikka ega bo„lgan kommutator. Ko„p sathli kommutatorning shartli belgisi 1.6-rasmda ko„rsatilgan.
1.6-rasm. Ko‘p sathli kommutatorning shartli belgisi.
Marshrutizator(Router) – lokal tarmoqlarni birlashtirish va global tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma. Marshrutizatorning shartli belgisi 1.7- rasmda ko„rsatilgan.