Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 128,87 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü128,87 Kb.
#167192
1   2   3   4   5   6   7   8
psx

Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan boshqarilmaydi.
Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, ko‘rsatkich belgilar, jismlar yordamida boshqariladi.
Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq.
Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq.
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qiladi.



  1. Diqqat xossalari.

Diqqat, uni mustaqil psixik hodisa sifatida xarakterlovchi qator xossalarga ega. Diqqatning asosiy xossalariga barqarorlikjamlashtaqsimlashbo‘linishchalg‘ish va diqqat hajmi kiradi.
Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni jamlay olishlik qobiliyatidan iboratTajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz davriy tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdiBunday tebranishlarning davrlari N.N. Lange bo‘yichaodatda,  2-3 soniyaga, ortig‘i bilan esa 12 soniyaga teng bo‘ladi. Masalanagar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikrni jamlaydigan bo‘lsak, u holda u bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladiDiqqat tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi



    1. rasm.

Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo‘lib, u jamlangan jismning yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi isbotlandi. Diqqat barqarorligini o‘lchash uchun alohida harflarning tartibsiz ketma-ketligidan iborat Burdon jadvalidan foydalaniladi, bunda qaytariladigan harflar soni har bir satrda bir xilda bo‘ladi.

Yüklə 128,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin