Xulosa
Argentinada tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, davlatning ma`muriy siyosati orqali iqtisodiyotga aralashuvi har doim ham kutilgandek natija bermaydi. Buni Argentinadagi narxlar qat`iy qilib o`rnatilishida ko`rishimiz mumkin. Buning natijasida ishsizlik kelib chiqdi, investitsiyalar kamaydi va eksport hajmi ham qisqardi.
Argentina iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita usuldan foydalangan. Barcha bevosita usullar iqtisodiyotga salbiy ta’siri kuchli bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqib O`zbekistonda davlatning iqtisodiyotga ta`sir etishining bilvosita usulidan foydalanish kerak.
O`zbekistonda ham Yangi yil bayrami arafasida go`sht narxlari davlat tomonidan o`rnatiladi. Bundan aholining va tadbirkorlarning huquqlari buziladi hamda davlat va xususiy sektor o`rtasidagi aloqa yomonlashadi, negaki sotuvchilar davlat belgilagan narxda sotmaydi. Shu bilan birga bu iqtisodiyotda samaradorlik darajasi pasayishiga olib keladi. Shunga ko`ra bizning taklifimiz davlat iqtisodiyotga ma`muriy aralashishiga barham berishi lozim.
Davlat xususiylashtirish jarayonini tezlashtirishi kerak. Bunda jamiyatning yutug`i shuki xususiy sektordagi sog`lom raqobat tufayli mahsulotlarning sifati oshadi va ularning narxlari tushadi. Shu bilan birga aholining iqtisodiy erkinligi, mulk daxlsizligi kafolatlanadi. Barcha o`z foydasiga ega bo`ladi va bundan ruhlangan holda iqtisodiy faolligi oshadi.
Adam Smitning fikrlari asosida xulosa qilishimiz mumkinki davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal bo`lishi kerak, Keynsning g`oyalaridan kelib chiqadiki davlat iqtisodiyotga talab omillari asosida faol aralashishi lozim. Fridmen nazariyasi bo`yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal bo`lishi va davlat monetar siyosat orqali ta`sir ko`rsatishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |